Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Koronavirus va karantin haqidagi rost va yolğon xabarlar

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Manba:Xushnudbek.uz

⁉️ Koronavirus va karantinga oid rost va yolğon xabarlar

Ayni kunlarda koronavirus infeksiyasi tarqalişiga oid vaziyat biroz yomonlaşayotgani ortidan ötgan yilgi karantin çeklovlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda takroran aylanib yuribdi. Köpçilik qaysi xabar joriy yilgi va qaysi biri ötgan yilgi ekanligini farqlay olmayapti, çunki sanalar bir-biriga töğri kelmoqda.

Quyida rost va yolğon xabarlarni yiğib çiqişga harakat qildik:

Röyxat yangilab boriladi

Rost xabarlar:

✅ Zangiotadagi maxsus şifoxonoda sönggi 10 kunda bemorlar köpaydi;
✅ Koronavirusga qayta çalinganlar ham davolanmoqda;
✅ Bolalar orasida virusga çaliniş soni oşmoqda;
✅ Buxoroda jamoat transportida niqobsiz yuriş taqiqlandi;
✅ Nurmat Otabekov: “Karantin çeklovlarini kuçaytiriş uçun asos yöq”;

✅ Toşkentda epidemiologik vaziyat yomonlaşgan taqdirda joriy yilning 1-aprelidan boşlab ommaviy tadbirlarni vaqtinça töxtatib turilişi mumkin;
✅ 16-mart kunidan boşlab poytaxtning Mirzo Uluğbek, Çilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablarda öqiş onlayn rejimga ötkazildi;
✅ Karantin çeklovlariga amal qilmagan (xususan tibbiy niqobsiz bölgan) fuqarolarga maʼmuriy jarimalar qöllaş yana boşlandi;
✅ Navröz bayrami tadbirlari ob-havo şaroitini inobatga olgan holda oçiq joylarda, yaʼni boğlar, xiyobonlar va öyingohlarda ötkaziladi;
✅ Navröz bayramida aholi gavjumligining oldini oliş maqsadida tadbirlarni kiçik hajmda mahallalarda taşkil etiladi va barça taşrif buyuruvçilar niqobda bölişi talab etiladi;
✅ Koronavirus bilan kunlik kasallanişlar soni 100dan oşdi;
✅ 7-mart kuni koronavirus taşxisi qöyilgan bemor vafot etdi;
✅ Olmazor tumanidagi 117-sonli boğçaning 2 nafar tarbiyalanuvçisi va 2 nafar tarbiyaçisida koronavirus infeksiyasi aniqlanişi sabab boğça vaqtinça yopildi;
✅ Toşkent viloyatidagi bozor va jamoat joylarida nazorat kuçaytirildi.

Yolğon xabarlar:

❌ 16-martdan karantin eʼlon qilindi va OTM hamda maktablar töliq onlayn öqişga ötdi;
❌ Zangiotadagi yuqumli kasalliklar şifoxonalari «tölib ketdi», reanimatsiya bölimlarida bemorlar oğir ahvolda;
❌ 27-mart soat 10:00-dan eʼtiboran viloyatlararo transport vositalarining harakati butunlay töxtatiladi;
❌ 27-martdan viloyatlar tarkibidagi şahar va tumanlararo transport qatnovi harakati ham vaqtinça çeklanadi;
❌ zarur bölmagan hollarda fuqarolarga uyidan taşqariga çiqişi çeklanadi;
❌ faoliyatini töxtatmagan barça köngiloçar obyektlar, şu jumladan restoran, kafe, oşxona, çoyxona, singari tadbirkorlik subyektlariga keskin jazo çoralari köriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek