Maxsus komissiyaning karantin çeklovlari böyiça murojaati
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Maxsus komissiya murojaati
Avvalo, mamlakatimizda istiqomat qiluvçi barça fuqarolarga 2020-yil 10-iyuldan buyon joriy etilgan karantin çeklovlariga qatʼiy va intizomli ravişda rioya etganlari uçun öz minnatdorligimizni bildirmoqçimiz.
Bu koronavirus infeksiyasining tarqalişi bilan boğliq holatni barqarorlaştiriş imkonini yaratdi.
✅ Bugun, 15-avgustdan boşlab mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning barqaror işlaşini taʼminlaş, aholining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida karantin çeklovlari yumşatilmoqda.
‼️ Karantin qoidalarini yumşatiş uni bekor qilişni anglatmaydi. Kasallanişlar soni köpayişining oldini oliş maqsadida, Komissiya fuqarolar tomonidan şaxsiy himoya çoralariga qatʼiy rioya qilişni davom ettirişlarini söraydi. Şu jumladan:
🔘 jamoat joylarida niqob taqib yuriş;
🔘 ijtimoiy masofani saqlaş;
🔘 qöllarni muntazam yuviş va antiseptik gigiyena vositalaridan doimiy foydalaniş.
❗️Uşbu qoidalarga amal qilmaslik kasallikning qayta avj olişiga va natijada qattiq karantin çoralari takroran kuçga kiritilişiga olib kelişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈


