Ijodiy imtihoni testga özgargan abituriyentlar uçun maʼlumot
Ijodiy imtihoni testga özgargan abituriyentlar diqqatiga!
Ijodiy imtihoni testga almaşgan köpçilik abituriyentlar murojaat qilib, abitur.dtm.uz sayti orqali qöşimça yönalişlarni tanlaş funksiyasi işlamayotganini, xatolik çiqayotganini aytişdi.
DTM rasmiy vakili bilan boğlanib, uşbu holatga aniqlik kiritdik. Maʼlum bölişiça, Davlat qabul komissiyasi qarori keça eʼlon qilinganligi uçun saytdagi texnik işlarga biroz muddat talab qilmoqda. Hozirda abituriyentlarga uşbu imkoniyatni beriş uçun barça çoralar körilmoqda.
Qöşimça yönaliş tanlaş imkoniyati ertaga töliq tayyor böladi va işga tuşadi. Şuningdek, bu haqda ijodiy + test imtihoni bor yönalişlarga hujjat topşirgan barça abituriyentlarga SMS-xabar yuboriladi.
‼️Şu sababli uşbu yönalişga topşirganlar qöşimça yönaliş tanlaş uçun şaxsiy kabinetlari orqali ertaga urinib körişlari maqsadga muvofiq. Eslatib ötamiz, qöşimça yönalişlarni tanlaş uçun 16-avgust soat 23:59-gaça vaqt belgilangan.
☝️Taklif: texnik sabablar tufayli uşbu imkoniyat keçroq berilgani hisobiga dedlaynni ham 1 kunga surib beriş kerak, yaʼni 17-avgust 23:59-gaça qilib özgartirilsa, yaxşi bölardi.
❓Köpçilik söragan savollarga javoblar:
✅ jurnalistikaga hujjat topşirganlar test fanlari bir xil bölgani hisobiga jurnalistikaning boşqa yönalişlarini tanlaşi mumkin, masalan internet jurnalistikasini tanlaganlar teleradio jurnalistikasi, xalqaro jurnalistika yoki sport jurnalistikasini ham qöşib tanlaşi mumkin. Şuningdek uşbu yönalişdagilar noşirlik işi yönalişini ham tanlay oladi;
❇️ arxitekturaga topşirganlar arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi yönalişini tanlay oladi yoki aksinça. Şuningdek uşbu yönalişdagilar sotsiologiya hamda kutubxona-axborot faoliyati yönalişini ham tanlaşi mumkin;
✳️ dinşunoslik yönalişiga topşirganlar islomşunoslik yönalişini tanlay oladi yoki aksinça. Uşbu yönalişdagi fanlar majmuasiga mos keladigan boşqa yönalişlar yöq;
❌ qöşimça yönaliş tanlaş paytida yönalişni özgartirib bölmaydi, yaʼni masalan jurnalistikaga topşirganlar moliyaga ötkaza olmaydi. Ular faqat jurnalistikaga töğri keladigan boşqa yönalişlarni qöşa oladi xolos;
⛔️ qöşimça yönaliş tanlaş paytida taʼlim şaklini özgartirib bölmaydi, yaʼni kunduzgiga topşirganlar sirtqiga ötkaza olmaydi va h.k.;
🚫 qöşimça yönaliş tanlaş paytida tilni özgartirib bölmaydi, yaʼni özbek tiliga topşirganlar qoraqalpoq yoki rus tiliga özgartira olmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
