Abituriyentlarning antiqa javob varaqalari böyiça izoh
Antiqa javob varaqalari
#abituriyent
Joriy yildan abituriyentlarning javoblar varaqasining skaneri ham eʼlon qilinayotgani katta ijobiy özgariş böldi, albatta. Bu işonçlilik va şaffoflikni ança oşiradi.
Ammo bu ilk marta qilinayotgan amaliyot bölganligi sababli, ijtimoiy tarmoqlarda turli javoblar varaqalarining rasmlari tarqatilib, ayrim tuşunmovçiliklarga ham sabab bölmoqda. Buni ayrimlar «öyin» deb baholaşmoqda ham.
Masalan, böş qoldirilgan javobga nima uçun ball berilganini yoki birorta javob belgilanmagan bölsa ham maksimal ball berilganini köpçilik boşida tuşunmagandi. Izohlardan keyin tuşunib olişdi, menimça.
Ana şunday izohlar berişni davom ettiramiz.
Yaqinda mana bu javoblar varaqasi ham tarqaldi (surat pastda). Unda abituriyentning çet tilidan imtiyozi yöqligi, lekin şunday bölsa-da ikkinçi fan bloki (2,1 ball) uçun ball berilgani köpçilikni hayron qoldirdi.
Gap şundaki, aynan uşbu javoblar varaqasi tarqalgan abituriyent Oliy hamşiralik işi yönalişiga topşirgan. Oliy hamşiralik işi yönalişining 2-blokida ijodiy imtihon böladi. Buni köpçilik yaxşi bilsa kerak. Çet tiliga umuman aloqasi yöq buni.
Yana bir muhim joyi - ijodiy imtihon topşirganlarda garçi xuddi maksimal ball berilganday 30 ta yaşil belgi körsatilgan bölsa-da, lekin aslida unaqa emas. Ijodiydan neça ball olgan bölsa, öşa qöşiladi.
Masalan, uşbu javoblar varaqasiga qarang. Abituriyent 80 ball olgan. Test ballari hisoblab körsangiz, 8 ta 3,1 ball (24,8) hamda 2 ta 1,1 ball (2,2) topgan. Demak, testdan jami 27 ball topgan. 80 dan 27 ni ayirsak, 53 ball qoladi.
Xulosa: abituriyent ijodiy imtihondan 53 ball olgan. Agar 2.1 ball böyiça maksimal ball (2,1 x 30 = 63) qöşilganda edi, unda 90 ball körsatişi kerak bölardi. Lekin javoblar varaqasida ham aynan 80 ball körsatilgan. Demak, hammasi joyida.
Öşançun ijodiy imtihonlarda 30 ta savolning barçasida yaşil belgi tursa ham, bu maksimal ball berildi, deganini anglatmaydi.
P.S.: balki kelgusi yilda DTM tizimni yanada takomillaştiriş, ijodiy imtihonlar uçun alohida yangi belgi qöşsa, yanada yaxşi bölardi.
👉 @xushnudbek 👈

