Yakşanbaga töğri kelgan bayram kunlari haqida

Matn12-avgust, 2019, 10:023 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yakşanbaga töğri kelgan bayram kunlari haqida

Bugun, 12-avgust – duşanba, barça xodimlar uçun iş kuni.

Qurbon Hayiti yakşanba kuniga töğri kelganligi sababli, Özbekistonliklarning dam oliş kunida heç qanday özgariş bölmadi.

Bunday holatlar ahyon-ahyonda uçrab turadi. Yaʼni Mehnat kodeksining 131-moddasiga binoan, Özbekistonda 9 ta bayram (işlanmaydigan) kunlari belgilangan.

Ammo şu bayramlar yakşanba kuniga töğri kelib qolsa – barça uçun, şanba kuniga töğri kelib qolsa – 5 kunliklar uçun dam oliş kunida heç qanday özgariş bölmaydi. Xalq tilida aytganda ular “yutqazişadi”.

Köplab xorijiy davlatlar amaliyotini köradigan bölsak, agar bayram kuni şundoq ham dam oliş kuniga töğri kelib qolsa, unda navbatdagi iş kuni dam oliş kuni sifatida eʼlon qilinadi.
Boşqaça aytganda, Mehnat kodeksimizda 9 ta bayram (işlanmaydigan) kunlar belgilanganmi, demak, davlat har yili har qanaqa holatda ham xalq 9 kun qöşimça dam olişini taʼminlaşi kerak.

Aslida bunday holatlar juda köp takrorlanmaydi. Taqvimga qaraydigan bölsak, 2019-yilda 3 ta bayram yakşanbaga töğri keladi: Qurbon Hayiti, Mustaqillik va Konstitutsiya kunlari.

2018-yilda birorta bayram yakşanbaga töğri kelmagan.

2017-yilda 2 ta bayram yakşanbaga töğri kelgan: Yangi yil hamda Ustoz va murabbiylar kuni.

Kelasi, 2020-yilda esa faqat 8-mart yakşanba kuniga töğri kelar ekan (Hayitlar nomaʼlum).

Şanba kunga töğri keladigan bayramlar ham köp emas. 2017-2020-yillarda atigi 4 ta şunday holat kuzatilgan (örtaça har yili bittadan).

Fuqarolarning munosib mehnat huquqlarining kafolati sifatida 9 ta bayramlar dam oliş kuniga töğri kelsa, navbatdagi iş kunini dam oliş kuni sifatida eʼlon qiliş tartibi joriy qilinsa, aksinça, köproq foyda böladi. Ham xalqaro maydondagi inson huquqlariga oid imidjga ijobiy taʼsir qiladi, ham eng asosiysi – xalqning roziligi va duosi olinadi.

Bizda nima uçundir dam oliş kunlari davlatga zarar keltiradi, degan notöğri tasavvur şakllangan. Bu haqida Telegramdagi «Bakiroo» kanalida quyidagi juda örinli fikrlar bildirilgan.

«Dam oliş, bayram, taʼtil kunlaridan mamlakat iqtisodiyoti yutqazadi, degan aqida Sovet ittifoqida şakllangan. Bu tuşunça partşkoladan ötgan juda köp rahbarlarning ongiga ham singib ketgani uçun bayram va dam oliş kunlari işga çiqmagan, taʼtildagi xodim va işçilarga duşmandek qaraladi. 1977-yildagi Konstitutsiyaga qadar, garçi şiorlarda mehnatkaşlar huquqlari ovoza qilingan bölsada, sovetlarda haftasiga yetti kunlik iş rejimi amal qilgan.

Hisob qilinganki, agar işçilar haftasiga 2 kun işlamay dam olsa, xalq xöjaligi yiliga 20-25 foiz atrofida mahsulot işlab çiqarişdan mosuvo böladi.

Iqtisodiyotida servis bölmagan va bölsa ham salmoği arzimas darajadagi Sovet ittifoqi uçun bu qoidalar va hisob-kitoblar rostanam töğri bölgan.

Lekin zamonaviy va ilğor mamlakatlar iqtisodiyotida servis iqtisodiyotning 60-70%i taşkil etadi. Şuning uçun bu mamlakatlarda odamlarning dam oliş, bayram va taʼtil kunlaridan iqtisodiyot yanayam köproq manfaatli böladi. Şuning uçun ham ularda rasmiy bayram kunlari dam oliş kunlariga tuşib qolsa, qöşimça dam oliş kunlari kafolatlangan.

Rasmiy statistikamizga köra, Özbekiston YAIMida servis uluşi 47%, demak, xotirjam böliş kerakki, dam oliş, taʼtil va bayramlarda ham YAIMimiz ösişda davom etmoqda».

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek