1-oktabr dam oliş kunimi
1-oktabr - dam oliş kunimi?
Hayronman, negadir sönggi kunlarda köpçilik mana şu savolni berişmoqda. Yanada ajablanarlisi, ular orasida öqituvçilar ham bor.
✅ Ha, 1-oktabr dam oliş kuni.
1996-yil 27-dekabrdagi qonunga köra, 1-oktabr Öqituvçi va murabbiylar kuni sifatida belgilangan hamda butun Özbekiston fuqarolari uçun bayram (işlanmaydigan) kun deya eʼlon qilingan. Demak, 25 yildan buyon 1-oktabr dam oliş kuni bölib kelgan.
Balki, eng alamlisi, uzoq yillar davomida öqituvçilar öz bayramini paxta dalasida kutib olgani uçun iş kunimi yoki dam oliş kunimi farqiga ham borişmagandir, kim bilsin.
Demak, ertaga 1-oktabr - juma hammaga dam oliş kuni. 2-oktabr, şanba kuni esa odatiy şanba böladi. Yaʼni haftasiga 5 kun işlaydiganlar dam oladi, 6 kunliklar esa işga çiqadi.
👆Maʼlumot uçun: Mehnat kodeksi 131-moddasiga köra, quyidagi kunlar bayram (işlanmaydigan) kunlardir:
1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navröz bayrami;.
9-may — Xotira va qadrlaş kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — Konstitutsiya kuni;
Röza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinçi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinçi kuni.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2

