Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Toşkentda ommaviy tadbirlar töxtatilişi mumkin

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Toşkentda epidemiologik vaziyat yomonlaşsa 1-apreldan ommaviy tadbirlarni vaqtinça töxtatib turilişi mumkin

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi markazi Toşkent şahar boşqarmasi boşliğining maʼlumotiga köra, uçta tumanda karantin qoidalariga masʼuliyatsizlik bilan yodoşiş kasallikning keng tarqalişiga olib kelgan, jumladan:

1️⃣ 2021-yilning 10-mart kuni Yunusobod tumanida joylaşgan bolalar (yoki taʼlim) muassasasi tarbiyaçisi R. M.da koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Epidemiologik suriştiruv natijasida tarbiyaçi xonadonida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemor bölişiga qaramasdan, uşbu tarbiyaçi karantinga rioya etmasdan iş joyiga borib işlagan va natijada 11-mart kuni epidemiologik körsatmaga asosan muassasaning tarbiyaçi va tarbiyalanuvçilaridan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganida, 13-mart kuni 2 nafar tarbiyaçida, şifokorda va 1 nafar tarbiyalanuvçida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Hozirda bu iş Toşkent şahar Prokuraturasining nazoratiga olingan;

2️⃣ 2021-yilning 5-mart kuni Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan taʼlim muassasasi tarbiyaçisi M. M.ning qaynotasi Zangiotadagi şifoxonaga koronavirus infeksiyasi taşxisi bilan yetkazilgan va 7-mart kuni vafot etgan.❗️ 9-mart kuni janoza paytida mazkur taʼlim muassasasining bir neça xodimlari iştirok etgan va bu bilan muassasa tarbiyalanuvçilarining soğliğini xavfga qöygan;

3️⃣ Olmazor tumanida joylaşgan OTMga qaraşli yotoqxonada ham 3 nafar talabada bir neça kundan buyon tana haroratining kötarilişi, tomoq oğriği va holsizlik belgilari bölganligi sababli, talabalardan 11-mart kuni koronavirus infeksiyasiga test tahlil surtma namunalari olingan. 2021-yil 13-mart kuni OTMning tegişli fakultetida kasallik alomati mavjud bölmagan 4 nafar talabasida kasallik aniqlangan.

Şularni inobatga olgan holda mutassadi taşkilotlar rahbarlariga qator körsatmalar berilib, Toşkent şahriga koronavirus infeksiyasi kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça Toşkent şahar ştabining qarori qabul qilindi.

Unga köra:

➖ koronavirus infeksiyasi aniqlangan oilalarda karantin talablariga rioya etmagan fuqarolarga nisbatan qonuniy jazo çoralari köriladi;

➖ aholi orasida COVID-19 keng tarqalişining oldini oliş, fuqarolar salomatligini himoya qilişni yanada kuçaytiriş maqsadida Toşkent şahrida bölib ötadigan ommaviy-madaniy tadbirlar ötkazilişida karantin talablariga qatʼiy rioya etilişi nazoratga olinadi;

➖ sport musobaqalarini tomoşabinlarsiz ötkazilişi çoralari köriladi;

➖ epidemiologik vaziyat yomonlaşgan taqdirda joriy yilning 1-aprelidan boşlab ommaviy tadbirlarni vaqtinça töxtatib turiş yuzasidan Respublika Maxsus komissiyasiga tegişli taklif kiritiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek