Özbekistonda koronavirus bilan boğliq vaziyat yomonlaşmoqda
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganKoronavirus qaytyaptimi? Beparvolikka berilib ketmayapmizmi?
❗️Bugun Özbekistonda koronavirus aniqlangan soni tuzalganlar sonidan salkam 2 baravar köproq böldi. Adaşmasam, oxirgi marta 20-aprel kuni virusga çalinganlar soni tuzalganlar sonidan köp bölgan edi. 20 kun davomida bemorlar soni faqat "minus"da edi, yaʼni tuzalişlar köproq bölayotgandi. Afsuski bugun yana "plyus"ga qaytdi.
Birgina Toşkent şahrining özida 1 kunda 61 ta yangi holat aniqlandi.
Bu bitta bizda emas. Masalan, Janubiy Koreyada ham bir oylik pasayişlardan söng koronavirusga çalinganlar soni keskin oşdi. U yerda sönggi sutkada koronavirusga çalinganlar soni 34 kişiga oşdi. Bu 12-apreldan buyon qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdir.
J.Koreyadagi yangi kasallaniş holatlarining barçasi bir yigit bilan boğlanmoqda. U koronavirusga çalingani gumon qilinganiga qaramay 2-mayga ötar keçasi Itevon şahridagi 5 ta tungi klubga borib, köp odamlar bilan muloqotda bölgan.
Umuman olganda, sönggi kunlarda ança beparvolikka berilib ketayotgandekmiz. Xuddi xayolimizda barçasi ortda qolganday, heç narsa bizga xavf solmayotganday yurişga könikib qolmayapmizmikin?
‼️Karantin çeklovlari uçun yengillik berilgani bilan gigiyena qoidalari esimizdan çiqmasin. Masofa saqlaş, niqob taqiş, qöllarimizni tez-tez sovunlab yuviş yoki antiseptik vositalardan foydalanişni unutib qöymaylik.
👉 @xushnudbek 👈
