Özbekistonda koronavirus böyiça salbiy rekord qayd etildi

Matn8-iyun, 2020, 13:071 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Keça salbiy rekord qayd etildi: umumiy 237ta, aholi orasidan esa 217ta holat qayd etildi

Bu haqda Respublika boş davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov maʼlum qildi:

«Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga çalingan fuqarolar soni 4 ming 352 nafarga yetdi. Şifoxonalarda 981 bemor davolanmoqda, 6 nafarining ahvoli oğir, 2 nafarining ahvoli öta oğir.

Koronavirus kasalligi böyiça epidemik vaziyat öta murakkabligiça saqlanib turibdi. Kuni keça qayd etilgan Toşkent şahridagi 195 nafar, Toşkent viloyatidagi 10 nafar, Xorazm viloyatidagi 8 nafar va Sirdaryo viloyatidagi 4 nafar bemor aholi orasidan qayd etilgan.

Bundan körinib turibdiki, vaziyat murakkablaşib bormoqda. Har birimiz köçaga çiqiş, muloqotga kirişiş orqali kasallaniş ehtimolimiz borligini unutmasligimiz kerak. Karantin tadbirlariga töliq rioya qiling. Doka niqobda böling, muloqotlarda oraliq masofani saqlang, uyga qaytganingizdan keyin antiseptik vositalardan foydalaning.

Ming afsuski, aholi orasida bu kabi tavsiyalarga panja orasidan qarayotgan, befarq munosabatda bölayotganlar köpayib ketyapti. Vaziyat murakkablaşib borayotganini bilib turibsiz. Uni ijobiy yoki salbiy tomonga özgartiriş har birimizning harakatimizga boğliq ekanini unutmang».

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek