Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Aviatsiya sohasini xususiylaştiriş istiqbollari

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Avia sohasini xususiylaştiriş haqida

Iqtisodçi Behzod Hoşimov özining Telegram kanalida quyidagi fikrlarni bildiribdi:

«Olmaota aeroportini $415 million dollarga sotib yuborişibdi. (Olmaota aeroporti 1994-yildan beri xususiy). Sotib oluvçi: Turkiyaning TAV Airports Holding kompaniyasi.

Biz ham şu inqiroz paytida barça aeroportlarimizni xususiylaştirib yuborsak yaxşi bölar edi. Qarabsanki, inqirozda keyin Özbekistonda avia transport ham balki rivojlanar. Şunça yil raqobatsiz bölgan avia trasnport uçun raqobatçilar kirib kelsa, iqtisodiyotimizga juda köp foydasi tegar edi.

Albatta xususiylaştiriş jarayoni adolatli va şafof bölişi kerak. Buni taʼminlaş esa unçalik qiyin emas. Xullas 2020-yilga umidlarimdan biri, eng kamida Toşkent aeroporti xususiylaştirilişi. Xususiylaştiriş va «osmon oçilişi» natijasida çipta narxlari tuşişi aniq», - deydi Behzod Hoşimov.

Post tugadi.

Behzodning fikrlariga töliq qöşilaman! Şu çoqqaça xalq tölagan soliqlar evaziga faoliyat yuritib kelgan aeroportlar va «Uzbekistan Airways» kompaniyasi işonçni oqlayotgani yöq. Aksinça ularning zarar körmasligi uçun monopoliyaga aylantirib qöyişgan va natijada esa barça oğirlik yana xalq gardaniga tuşmoqda: biletlar qimmat, xizmatlar sifatli emas, rivojlaniş sust va h.k. Va uşbu kompaniyalar ortidan davlat byudjeti ham na ular tölaydigan soliqlardan, na ular topgan daromaddan tayinli foyda körayotgani yöq.

Yaʼni xalq özi tölayotgan soliqlari evaziga kun körayotgan kompaniyalar sababli yana özi qöşimça tölov qilişga, ziyon körişga majbur bölmoqda. Bu öta oddiy hayot haqiqatlari, buni anglaş uçun iqtisod fanlari professori böliş şart emas.

Şu sababli iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida tezroq davlat uluşini kamaytiriş va ularni xususiylaştiriş kerak. Har bir sohaga qança tez raqobat kirib kelsa, bundan faqat va faqat xalq yutadi. Xalq yutdi degani, davlatga ham foyda degani.

Faqat Behzod aytganiday, xususiylaştiriş jarayoni oçiq, oşkora va şaffof ötişi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek