Öz hisobidan taʼtil oliş majburiymi
Xushnudbek.uzVideo4 daqiqa0tahrirlanganÖz hisobidan taʼtil oliş majburiymi?
Köpçilik korxonalar, ayniqsa davlat taşkilotlari karantin şaroitida xodimlarini öz hisobidan taʼtilga çiqarib yuborişgan. Bunda aksariyat hollarda xodimlarning roziligi söralmagan. Şunçaki «arizangizni yozing» deyişgan, tamom. Xodimlar ham yoki rahbarga qarşi çiqişdan qörqqanidan, yoki andişa qilib, yoki yana boşqa sabablarga köra, indamay yozib berişgan.
Ammo majburan öz hisobidan taʼtil olgan xodimlar oilasini qanday boqadi?
Mehnat kodeksining 150-moddasiga köra, xodimga öz hisobidan majburiy taʼtil beriş mumkin emas, bunga faqat ikki tomon rozi bölişi şart.
Agar korxonalar karantinda işlamayotgan bölsa, unda xodimlarga oylik tölanadimi? Ha, tölanadi! MK 159-moddasiga köra, xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqtda uning örtaça iş haqi saqlanadi.
Pandemiya yoki karantin bölgani uçun birorta xodimlarning aybi yöq. Şunday ekan, ularga majburan öz hisobidan ariza yozdiriş ham qonunga zid, ham noinsoflik.
Mazkur videoda yana ham batafsilroq tuşuntirganman.
👉 @xushnudbek 👈


