G'alaba bog'idagi Shon-sharaf muzeyidan lavhalar
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0









Keça Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 75 yilligi munosabati bilan oçilgan muzeyga bordim. Menga yoqdi. Muzeyning asosiy ğoyasi faşizm ustidan qozonilgan ğalabaga özbekistonliklar tomonidan qöşilgan hissani namoyon qiliş ustiga qurilgan.
Men ayniqsa xatlar bölimidan taʼsirlandim. Unda askarlarning uyiga yozgan xatlari va yaqinlaridan olgan javoblari, şuningdek ölim haqida kelgan qoraxatlar aks etgan. Qoraxatlarda askar qaçon va qayerda ölgani, qayerga kömilgani bayon etilgan, marhumning xatni qabul qiluvçi yaqin insoni ismi yozilgan. Odam allaneçuk bölib ketdi. Yaxşiyam tinç davrlarda yaşayapmiz, şukr.
👉 @xushnudbek 👈


