Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Koronavirus va Ikkinçi jahon uruşi tarixi haqida

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Koronavirus va Uluğ Vatan uruşi haqida

Birinçi qism

Koronavirus infeksiyasi dastlab 2019-yilning oxirlarida Xitoydan tarqalganini yaxşi bilamiz.

Bizda esa ilk holat 15-mart kuni aniqlandi. Ammo bu degani Özbekiston koronavirusga qarşi kuraşişni 15-martdan boşladi, ungaça tomoşabin bölib turdi, degani emas-ku, töğrimi? Yanvar oyidayoq Özbekistonga koronavirusning yangi turi kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça maxsus komissiya tuzildi, Prezident maxsus farmoyişni imzoladi.

Majoziy maʼnoda aytganda, körinmas duşmanga qarşi jangni biz ança avval, virus kirib kelmasidan oldinroq boşlaganmiz.

Ikkinçi qism

9-mayga ham oz qoldi. Tez orada nemis faşizmi ustidan qozonilgan ğalabaning 75 yilligi nişonlanadi. Albatta joriy yilda karantin sababli harbiy paradlar yoki katta tadbirlar bölmaydi. Ammo ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa TVda ğalabaga bağişlangan tarğibot materiallari köp aylansa kerak.

Ammo ötgan yillarda bölgani kabi teleekranlarda «1941-1945-yil» formati trendga aylantirilganini sira tuşunmayman. Ikkinçi jahon uruşi 1939-yildan boşlangan. Bu tarixiy fakt. SSSRning şovinistik siyosati natijasida faqat Gitler SSSRga hujum qilgan kundan uruşni boşlangan deb hisoblaş, Ikkinçi jahon uruşini «Uluğ Vatan uruşi» deya qayta nomlaş bugungi kun uçun aktual bölmasligi kerak.

«Qolganlar bilan işim yöq, faqat menga taalluqli bölgan qisminigina tan olaman» degan ğoya mutlaqo notöğri. Mantiqan olib qaralsa, aslida SSSRga hujum 1939-yil 1-sentabr kuni nemis askarlari Polşaga kiritilgandayoq boşlangan edi.

Xulosa

Ikkinçi jahon uruşi haqida gap ketar ekan, «1939-1945» formatidan foydalanişda davom etişimiz kerak. 1939-1941-yillarda uruş natijasida aziyat çekkan boşqa davlatlarning millionlab xalqi haqqi-hurmati uçun ham şu işni qiliş lozim. Tarixni boriça qabul qilgan maʼqul.

Unutmang, Özbekiston koronavirusga qarşi jangga 15-martdan qöşilgani yöq, bu jang biz uçun ham ança avval boşlanib bölgan edi...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek