Xalq taʼlimi vazirligi öqituvçilar majburiy mehnatiga qarşi

Matn25-aprel, 2020, 18:351 daqiqa0 koʻrish

Xalq taʼlim vazirligi «tomorqa monitoringi»ga jalb qilinayotgan öqituvçilar haqida bayonot berdi

Jumladan, vazirlik munosabatida şunday deyiladi:

«Ijtimoiy tarmoqlarda öqituvçilarga tomorqa işlarini yuklatilayotganligiga oid maʼlumot eʼlon qilindi.

2018-yil 14-avgustda Prezidentimizning “Yoşlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalaş, ularga taʼlim-tarbiya beriş tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingan.

Qarorga köra, xalq taʼlimi xodimlarini xizmat majburiyati bilan boğliq bölmagan işlarga, majburiy mehnatga, şu jumladan, tuman va şaharlar hududlarini obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş, mavsumiy qişloq xöjaligi hamda boşqa turdagi işlarga jalb qiliş taqiqlanadi.

Mazkur qarorga asosan öqituvçilarni aholining tomorqa işlarini nazorat etişga jalb etiş ham noqonuniy ekanini eslatib ötamiz.

Ayni paytda 2019-2020 öquv yilining 4-çoragi davom etmoqda. Öqituvçilarning asosiy vazifasi öquvçilarga videodarslar yordamida puxta bilim berişdan iborat.

❗️Xalq taʼlimi vazirligi mahalliy hokimiyat vakillarini öqituvçilarni xizmat majburiyati bilan boğliq bölmagan işlarga jalb etmaslikni talab qiladi.

Xalq taʼlimi vazirligi Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini mazkur xabarlarni örganib, agar haqiqatda sodir bölgan bölsa, aybdorlarni jazolaşga çaqirib qoladi», - deyiladi vazirlik xabarida.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek