Bosma naşrlarni raqamlaştiriş böyiça tavsiyalar

Matn25-aprel, 2020, 18:312 daqiqa0 koʻrish

Manba:Komil Allamjonov

Hurmatli, yuzlab jurnalistlarga oylik maoş tölab, ularning turmuş tarziga masʼul bölgan bosma naşrlarimizning boş muharrirlari! Meni rosa koyibsiz, dilingiz oğriganini bildiribsiz. Lekin bitta savolga javob bering.

Qani aytingçi, bugun iqtisodiy ahvolingiz qanday? Jurnalistlarga öz vaqtida oyliklarni tölaşga qiynalmayapsizmi? Qöl ostingizdagi halol va vatanparvar xodimlaringiz kelajagi haqida qayğuryapsizlarmi? Mana bir misol, ayni şaroitda gazetalarning qoğoz variantini qanday qilib öqiş mumkin? Uni tarqatiş ham mumkin emas, muştariylar köçaga çiqişi ham mumkin emas. Hamma karantinda. Faqat biz emas, barça taşkilotlar karantinda dersiz. Unday bölsa öquvçilar yangilik va maʼlumotlarni qayerdan olişi kerak? Pandemiya vaqtida xalqni xavfdan kim ogoh etadi, kim aholi orasida tarğibot olib boradi? Albatta veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar yoki teleradiokanallar. Ular tinimsiz işlab turibdi. Reklamadan ozmi köpmi daromad qilişyapti, xodimlari rözğorini tebratmoqda.

Aynan şu karantin davrida öquvçilaringiz allaqaçon boşqa resurslarda. Ertaga Sizlarga obuna bölgan minglab muştariylar karantin davomida qoğoz variantdagi gazetalarni olmaganliklarini, şu sababli ular bilan qayta hisob-kitob qilişingizni talab qilişsa, unda yanada oğirroq iqtisodiy ahvolga tuşib qolmaysizmi?

Gap bosma matbuotning yopilişi yoki gazetalarning tugatilişi haqida ketmayapti. Gap ularning axborotni aholiga qanday formatda yetkazişi haqida bormoqda.

Sizga daʼvatim, imkon qadar tezroq zamonga moslaşing, bosma naşringizni raqamlaştiriş çoralarini izlang. Xodimlaringiz taqdiriga befarq bölmang. Aks holda moliyaviy ahvolingiz yanada qiyinlaşişi mumkin. Aççiq haqiqat şuki, bugungi kunda butun dunyoda aynan bosma naşrlarning taraqqiyot strategiyasi özgardi. Hattoki gazeta çop etadigan uskunalar işlab çiqarilişi ham kamaytirilyapti. Manaman degan katta bosma naşrlar qoğoz versiyasini butunlay töxtatib, onlayn formatga ötmoqda.

Masalan, 2 kun oldin Buyuk Britaniyaning The Weekly News naşri may oyidan boşlab qoğoz variantda çiqişni butunlay töxtatişga qaror qilganini maʼlum qildi. Eng konservator va qadriyatlarini öta qattiq hurmat qiluvçi inglizlar ham 165-yildan buyon çop etiladigan uşbu otaxon bosma naşrning qoğoz variantidan voz keçib, yangi zamon talablariga moslaşişni va onlayn formatga ötişni bugungi kunning eng töğri qarori, degan fikrga kelgan. Yoki katta obrö va hurmatga ega bölgan Newsweek, U.S. News & World Report va La Tribune naşrlari ham allaqaçon butunlay qoğoz formatdan voz keçib, onlaynga ötişgan. Bunaqa misollar juda köp.

Xullas, maqsadim kimlarningdir dilini oğritiş emas, barçamizga körinib turgan xavfdan Sizlarni ogohlantiriş hamda biznes modelingizni qayta körib çiqiş va zamonga moslaşişni tavsiya qilişdir🙏

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek