Özbekistonda OAVlarning yopilişi va söz erkinligi
Siyosat va jurnalistika
Muhrim quyidagiça yozmoqda:
«Töğri.uz» yopilişi bilan uning fan-klubi oçilibdi (töğridan haqiqatga borib aytadigan bölsak — saytga tegişli kanal endi fan-klubniki bölibdi).
Lekin nima bölganda ham, Özbekistonda bir yil içida katta maqsadlar, katta byudjetlar va katta vaʼdalar bilan oçilgan ikkita OAV («Turon 24» va «Töğri.uz»)ning kutilmaganda, tösatdan (şubhali deging keladi), tuşunarsiz izohlar, tayini yöq bayonotlar bilan yopilişi — soha uçun ham, söz va matbuot erkinligi uçun noxuş xabar. Menimça.
Umuman olganda, qandaydir şaxslar manfaatiga xizmat qiladimi, egalariga ortiq qiziq bölmay qoladimi yo çindan bankrot böladimi, farqi yöq — har qanday OAVning yopilişi köngilsizlik. Men ÖzA yoki «Yupl.uz»ni qançalik yoqtirmayin, ular yopilsa yo tugatilsa, menga oğir botadi, aslo xursand bölmayman. Har birining örni bölak.
Qanday bölişidan qatʼiy nazar, barqaror, tösatdan yopilib qolmaydigan OAVlar köpayaversin — işining ustasi bölgan OAV xodimlari har doim talaş bölsin!»
Post tugadi. Muhrimning fikrlariga qöşilaman.
Masalaning yana bir jihati eʼtiborli. Yopilgan OAVlarga nazar taşlasak, ularning barçasi qaysidir amaldor tomonidan moliyalaştirilayotgani haqida miş-mişlar bor edi. «Turon24»ni öşa paytda Prezident Administratsiyasida katta lavozimda işlaydigan va bevosita axborot sohasida işla(yot)gan amaldorniki, «Minbar.uz»ni bir vazirniki, «Töğri.uz»ni hokimniki deyişdi.
Avvalo haqiqatdan uşbu OAVlar öşa amaldorlardan tomonidan moliyalaştirilganmi, yöqmi, bunisini bilmaymiz. Heç kim rasmiy bayonot bermagan, na amaldorlarning özi, na jurnalistlar.
Eng qiziği, uçala OAV ham bugun öz faoliyatini töxtatgan.
Bundan çiqdi, siyosat va axborot sohasini bir-biriga aralaştirmaslik kerakligiga signal bölyapti şekilli. Yaʼni siyosatçi siyosatini, davlat işini qilsin, jurnalistlar özini işini qilsin. Ammo ular bevosita yoki bilvosita bir-biri bilan qorişib ketmasin, siyosatçi jurnalistni moddiy taʼminlab turmasin, xolislik xavf ostida qolmasin, deyişayotganga öxşaydi.
Hozirgi voqealar rivojini taxminan şunday tuşundim. Tağin kim bilsin, albatta bularning barçasi IMHO.
👉 @xushnudbek 👈
