3-may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni

Matn3-may, 2019, 15:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Bloger Şahnoza Töraxöjayeva özining Telegram kanalida bugungi sana munosabati bilan quyidagi postni eʼlon qildi, uni töliğiça taqdim etamiz:

====

«Uşbu postni bir yil avval feysbukda yozgan ekanman. Bu yil biroz boşqaçaroq ― bayram yöq, şekilli a?

BUGUN JURNALISTLAR BAYRAMI EMAS

Bugun xalqaro SÖZ ERKINLIGI KUNI!

Bu yerda mantiqiy urğu "söz erkinligi"ga tuşadi. Va bu kun heç qanday bayram-payram emas, rost söz, mustaqil fikr, tanqidiy dunyoqaraşni himoya qiliş va rağbatlantiriş kunidir.

1991-yilda YUNESKO hurfikrlilik, matbuot erkinligi va plyuralizmni himoya qiliş maqsadida 3-mayni Xalqaro söz erkinligi kuni deb belgiladi.

2000-yillarda Özbekistonda bu kun boşqaça ötardi: turli anjumanlar, yiğilişlarda söz erkinligi muammolari rosa muhokama qilinardi. Karim Bahriyev, Bobomurod Abdulla kabi jurnalistlarning öşa paytlardagi nutqlari yodimda. Keyin...

Keyin nimalardir özgarib ketdi, bu kun bayramga aylantirildi, jurnalistlarni eng yaxşi unday maqola, eng yaxşi bunday lavha uçun taqdirlaşlar boşlandi, muammoni gapiriş örniga yutuqlarni köz-közlaşga burib yuborildi. Xullas, 3-may erkin söz aytuvçilardan mukofotli söz aytuvçilarga olib berildi.

Dunyoga boqing va özimizga qarang: boşqalar şu kuni soha muammolarini gapiradilar, biz esa tantana bilan mukofot topşiramiz. Boşqalar rost sözi uçun jabr körganlarni qöllab-quvvatlaydilar, biz esa rost gapni hammadan ham döndirib qöygandek bir-birimizni tabriklaymiz.

Aslida söz erkinligi, hurfikrlilik Konstitutsiyamiz tomonidan kafolatlanadigan oliy huquqlardan. Demak, bu maʼlum bir kasbga emas, hammaga birdek taalluqli kun.

Bugun kasb bayrami emas, QADRIYAT kuni. Şunday ekan, jurnalistlarni emas, doim öz fikriga ega va öziga yetadigan zarardan qatʼi nazar uni ayta oladiganlar, şu tufayli doim şumşuk va yoqimsiz körinsa-da, alaloqibat özgarişlarga, taraqqiyotga sabab böladigan har bir kimsani tabriklang, agar şundaylarni topa olsangiz.

Men esa erkin fikri uçun qatağon qilingan ajdodlarimni, rost sözi uçun qamoqxonalarga taşlangan, qiynalgan, öldirilgan barça insonlarni eslayman, öşalar haqiga duo qilaman.

Töğri sözni qadrlaydigan, erkin fikrga yöl oçib beradigan, uni eşita va qabul qila oladiganlarni, şunga toqati yetadiganlarni duo qilaman.

Jurnalistlarni 27-iyunda qutlarman.»

====

Post tugadi.

P.S.: 3-may rasman «Butunjahon matbuot erkinligi kuni» (World Press Freedom Day) sifatida eʼlon qilingan bölsa-da, odatda uşbu kun mazmunan aynan söz erkinligini özida ifodalaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek