Kun.uz öçirilgan maqolani qayta eʼlon qildi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Mana bu maqola dastlab Kun.uz saytida eʼlon qilinib, keyinçalik nomaʼlum sabablarga köra öçirilgan edi.
Bugun maqola yana saytga qöyildi.
Kun.uz bunga quyidagiça izoh berdi:
“Tahririyatdan:
Kun.uz muxbirlari tomonidan Qaşqadaryoga uyuştirilgan press-tur çoğida tayyorlangan uşbu maqola eʼlon qilingaç, turli şaxslar öz amal va "imkoniyat"laridan foydalanib, qönğiroqlar bilan maqolani saytdan öçirtirişdi.
Biroq, bu xatti-harakat teskari samara berib, jurnalist va blogerlarning diqqat markaziga tuşdi va maqola boşqa platformalar orqali yanada kengroq tarqala boşladi.
Çunki maqolada heç kimga tuhmat qilinmagan, voqea bor böy-basti bilan körsatilgan.
Zero, davlat rahbari va hukumatning aholiga ijtimoiy yordam beriş borasidagi qarorlari va topşiriqlarini bajarişda joylardagi rahbarlar haybarakallaçilik va közböyamaçilikka yöl qöyişayotgani hammada haqli eʼtiroz uyğotmoqda.
Boz ustiga, davlat rahbari har çiqişida söz erkinligini taʼminlaş va jamoat nazoratini kuçaytiriş haqida gapirib turgan bir davrda eskiça işlaşga örganib qolgan ayrim amaldorlarning közböyamaçilik va söz erkinligini böğişga qaratilgan xatti-harakatlari bundan buyon mana şunday teskari samara berişini anglab olişlari kerakmikan...”
Ana şunaqa gaplar.
👉 @xushnudbek 👈



