Içki işlar xodimining xatti-harakatiga munosabat
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganMisqollab yiğilgan obrö, botmonlab soçiladi
Yuqori doiralarda har qança gapirilmasin, quyi böğindagilarning saviyasi va dunyoqaraşi quyi bölib qolaverar ekan, biror jiddiy özgariş kutiş qiyin. Pastdagi ijroçilar baribir öz bilgan qöşiğini aytaveradi.
Mana bu holatda içki işlar organlari xodimining “Obor, zapislarni körasan, öçirib taşlaysan” degan gapining özi, har qanaqa söz erkinligi bitta noqobil amaldorçaning qölida paşşa kabi ezğilab taşlanadi degani.
Hoy, baraka topgur, şu xalq senga forma kiydirib qöydi, şu xalq mehnat qilib, soliqlaridan seni va oilangni boqyapti, şu xalqni ortidan burning kötarilib, qorning qappayib yuribdi, salgina ularni ham hurmat qilsang bölmaydimi?
Meni keçirasizlaru, lekin pandemiya va karantin sabab içki işlar organlarini xalqqa yaqinligi va fuqarolar bilan özaro döstona munosabatini örnatiş yölida oxirgi yillarda qilingan juda katta maşaqqatli mehnat kökka sovurilib ketyapti. Xalq va içki işlar organlari örtasidagi jarlik yanada kattalaşmoqda.
Bunga asosiy sabab favqulodda vaziyatlarda berilgan keng vakolatlarni kötara olmayotgan, yana öşa eski boşboşdoqlikni qumsab qolgan ayrim (barça emas) saviyasiz xodimlar butun tizim nomiga doğ tuşiryapti.
Mazkur vaziyatga Içki işlar vazirligidan munosabat kutib qolamiz. Umid qilamizki bu munosabat “sam durak” prinsipi böyiça tayyorlanib, jurnalistning öziga barça aybni ağdarişu, xodimni oppoq farişta qilib körsatiş mazmunida bölmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


