Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Sardoba suv ombori öpirilişi böyiça jinoyat işi qözğatildi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

❗️Rasmiy bayonot: Sardoba böyiça jinoyat işi qözğatildi

Joriy yil 01-may kuni Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori öpirilişi oqibatida suv toşqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.

Jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlarini olib boriş DXX organlariga yuklatildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi Xayot Şamsutdinov maʼlum qildi.

Maʼlumot uçun:

207-modda. Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş

Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş, yaʼni davlat organi, davlat iştirokidagi taşkilot yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi mansabdor şaxsining öz vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarça munosabatda bölişi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga köp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilişiga sabab bölsa, —

bazaviy hisoblaş miqdorining yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.

258-modda. Toğ-kon, quriliş yoki portlatiş işlari xavfsizligi qoidalarini buziş

[2-qism "b" bandi]

Toğ-kon, quriliş yoki portlatiş işlari xavfsizligi qoidalarini buziş boşqa oğir oqibatlar kelib çiqişiga sabab bölsa, —

muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek