Nikita Makarenkoning intervyusidan asosiy tezislar

Matn16-noyabr, 2020, 20:553 daqiqa0 koʻrish

Nikita Makarenko "Ular"ga nima dedi?

Şahnoza Soatova (@shahnozxon) Nikita Makarenkoning «Ular»ga bergan intervyusining qisqaça tezisini yozib çiqibdi. Menga yoqdi, sizga ham ulaşdim:

1. Gazeta.uz dan nega ketdim? Ijod muhabbat ustiga qurilişi kerak, muhabbat bölmasa, ajraşiş kerak. Gazeta.uz bilan muhabbatimiz tugadi va döstona ajraşdik.

2. J.Ortiqxöjayevni nega jurnalist va blogerlar yoqtirmaydi? Avvalo, u siyosatçi sifatida kommunikatsiyada bir qator xatoliklarga yöl qöydi. Asosiysi, qoidaga köra siyosatga heç kim soqqa qilaman, pul köpaytiraman deb kirmaydi. Hatto vitse prezident lavozimida bölgan Bayden ham öğlini davolatişga pul topolmay uyini garovga qöygan. Amerikada şunday, rivojlangan dunyoda şunday.

3. Odamlar siyosatga qiziqmaydi. Ammo ularni qiziqtiriş kerak. Hokimlarni saylaş kerak, şunda xalq öz qarorlari va kelajagi uçun masʼuliyat his qiladi. Rivojlangan jamiyat öz taqdiri haqida qayğuradigan va masʼuliyat his qiladigan jamiyatdir. Unday jamiyatning muammolari kam böladi.

4. 2016-yilgaça men taxallus bilan yozardim. 2016-yildan keyin men nomimni oçiq yozib mahalliy naşrlarda yoza boşladim. Yaʼni bu söz erkinligi – katta natija. Ammo 2018-yildan keyin hammasi özgardi, keskin siniş böldi. Ungaça davlat bizni tinglayapti degan xulosa bor edi. Şu xulosa yöqolib qoldi, ayniqsa, 2020-yilda. 2016-17 yillardagi optimizm yaxşi kapital edi, uni yetarliça baholaşmadi, qadrlaşmadi. Endi bu optimizm yöqoldi.

5. Toşkentdagi sovet modernizmiga tegişli binolarni madaniy yodgorliklar sirasiga kiritib, davlat tomonidan qöriqlaş kerak. Hozir dunyoda sovet modernizmiga qiziqiş katta. Bugun yer sotib pul qilişdan köra şaharning uzoq istiqboldagi manfaatlari birinçi örinda turişi kerak.

6. Ijodkor inson bosim ostida rivojlana olmaydi, erkinlik kerak. Albatta, isyon, norozilik sifatida rivojlanişi mumkin ijod, ammo bizga bu kerak emas. Davlatning ijodkorga beradigan eng katta yordami bu ularga xalaqit bermasligidir. ("Özbekkonsert" tanqid qilingan, litsenziyalaş)

7. Sönggi 3 yilda qilingan ijobiy özgarişlar: iqtisodiy (bank sohasi, valyuta), çegaralar oçilib qöşnilar bilan döstona aloqalar tiklanişi va söz erkinligi.

8. Özavtosanoat bilan nega kuraşyapman? Men surbetlarni yomon köraman. Bozorda qölbola aroq sota turib özingni Ilon Maskdek tutişing kerak emas.

9. Özbek blogerlarini sanagan, Qobil Xidirov, Xuşnudbek, Alişer Rözioxunov, Aziza Umarova, Şahnoza Soatova, Eldar Asanov, Nozim Safari, Alimov. Özbek blogosferasining bitta aybi juda ekstremizm köp.

10. Nima uçun erkin matbuot jamiyat uçun ham, davlat uçun ham foydali? Biz yana 25 yil yopiq, iqtisodi planlaştirilgan davlatni özimizga ravo köra olmaymiz. Hamma bizdan özib ketdi. Bizdagi kabi total korrupsiya bilan rivojlangan davlat tarixda yöq, bölmaydi ham. Söz erkinligi bölmagan joyda korrupsiyani yengib bömaydi. Bizning boşqa imkonimiz yöq.

11. Söz erkinligining çegarasi bormi? U qayerda tugaşi kerak? Men söz erkinligining erkin faoliyat yurituvçi Parlament tomonidan qabul qilingan maʼmuriy va jinoiy Kodeksda nazarda tutilgandan taşqari çegaralari bölmasligi kerak deb hisoblayman. Hozir yetarliça rivojlanmagan Parlamentimiz bilan bu mezonlarni uşlab turolmaymiz.

12. Maqolalarim nega rezonans beradi, nega köp öqiladi? Çunki ularni öqiş va tuşuniş oson. Menda bu malaka öqigan köplab kitoblarim tufayli şakllangan. Buni heç bir jurnalistika fakulteti örgatmaydi. Bu uzoq yillik jarayon, mehnat, tajriba ortidan keladigan maʼnaviy va ijodiy rivojlaniş natijasi. Bularni tahririyatda örganiş mumkin, fakultetda emas.

13. Sardobani körib... Bu halokatni inson qöli bilan qilinganidan dahşatga tuşasan. Bir tomondan, ajratilgan yordam mablağlari talon-taroj bölganidan qayğu, boşqa tomondan, yoningdan ötib ketayotgan uzun xayriya karvonlarini körib ruhan kötariliş his etasan.

14. Vatanparvarlik... bu sözni yomon köraman. Siyosatçilar öz maqsadlari yölida qöllab, uning maʼnosini özgartirib yuborişdi. Keling, boşqa atamani qöllaymiz – muhabbat. Vatanni sevasanmi deb sörasangiz, juda sevaman deb javob beraman.

P.S. talqinda ayrim nomutanosibliklar bölsa, avvaldan uzr.

Töliq video: https://youtu.be/A2_vOVBeEyo

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek