Xorijiy OTMlar kontrakti uçun soliq imtiyozi taklif etildi
Xorijiy OTMlarning kontrakti uçun soliq imtiyozi haqida öylab körsakçi?
Gap kelganda, yuqoridagi mavzu böyiça taklifim bor.
Hozirda soliq imtiyozi Özbekiston Respublikasining oliy öquv yurtlarida öqiydigan talabalar uçun yönaltirilgan kontraktlarga qöllanadi.
Ammo xorijda öqiyotgan talabalarning kontraktlariga yönaltirilgan mablağlar mazkur soliq imtiyoziga tuşmaydi.
Yurtimizda oliy taʼlim qamrovi 10-15%ga boryapti. Masalan, joriy yil 1 yarim million abituriyentdan 150 ming atrofida talaba qabul qilindi.
Şu sababli minglab yoşlarimiz xorijda tahsil oliş uçun ketişmoqda. Aksariyat ota-onalar va yoşlar buni özi xohlaganidan emas, balki majburligidan qilmoqda, çunki davlat yetarli darajada oliy taʼlimni taʼminlab bera olgani yöq.
Şunday holatda xorijiy OTMlarda öqiyotgan talabalarning kontraktlarini tölaş uçun yönaltirilgan mablağlarni ham daromad soliğidan ozod qilsak bölmaydimi? Bu ham fuqarolarga birmunça yengillik bölar edi.
Özim köplab imtiyozlarga qarşiman, ammo hozirgi holatda gap taʼlimga investitsiya haqida ketmoqda. Balki bu öylab körişga arzir?
Balki deputatlarimiz, balki Yoşlar işlari agentligi, balki Soliq qömitasi, balki yana boşqa vakolatli kimdir şu taklif haqida öylab, taşabbus körsatsa yaxşi bölardi.
Bu albatta mening şaxsiy fikrlarim - IMHO.
👉 @xushnudbek 👈

