OTMlarda öqiş boşlanişi va hujjat topşiriş tartibi
Jurnalist 3 ta OTMga borib, vaziyatni örganibdi. Uçalasida 3 xil vaziyat.
Aytgança, TDYUU prorektori 1-kurslar uçun 12-oktabrdan tanişuv haftasi boşlanişini, bunda Toşkent şahri va Toşkent viloyatidan öqişga kirgan abituriyentlar bevosita universitetga kelib, anʼnaviy usulda öqişni boşlaşini, qolgan viloyatdagilar esa öz hududlaridagi yuridik texnikumlarga borib tanişuv haftasini ötkazişlarini, undan keyin öqişlar 1-kurslar uçun ham masofaviy bölişini maʼlum qildi.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga yana bir bor eslatib ötamiz, siz eng avvalo özingiz öqişga kirgan OTMning sayti yoki Telegram kanaliga kiring, u yerda öqişga kirganlardan qanday hujjatlar talab etilişi, tölov-kontraktni tölaş uçun şartnomani onlayn yuklab oliş, natijalarining qayd varaği va boşqa muhim maʼlumotlar böladi. Hattoki köplab OTMlarda super-kontraktga arizalar ham onlayn qabul qilinyapti.
👉 @xushnudbek 👈


