Mening fikrim portali va IMEI kodlari bo‘yicha muammo

Matn7-oktabr, 2020, 19:522 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Öraga siçqon tuşdi, guldur-gup

«Mening fikrim» degan jamoaviy murojaatlar portali bor. Şaxsan men bu portalni közböyamaçilik uçun oçilgan deb hisoblayman. Buni propiskaga oid petitsiyalarimda töla işonç hosil qilgandim.

Mayli, bu mening şaxsiy fikrim. Ammo yaxşimi, yomonmi portalning özi qonun hujjatlariga amal qilgan holda faoliyat yuritişi kerakku, töğrimi?

Masalan, joriy yilning 17-fevral kuni, yaʼni bundan salkam 8 oy muqaddam IMEI kodlarni röyxatga olişda tölov undirişni bekor qiliş böyiça petitsiya 3 soat içida 10 mingdan ortiq ovoz yiğgan edi. Bugungi kunda ovozlar soni 25 mingga yaqinlaşgan.

Yaʼni öşanda xalq öz fikrini qonuniy yöl bilan maʼlum qilgandi. Köçaga çiqib janjal qilmadi, kimlarnidir haqorat qilmadi, buzğunçilikka qöl urmadi. Şunçaki amaldagi qonunlar orqali demokratik yöl bilan öz xohiş-irodasini bildirdi.

Ammo oradan şunça payt ötgan bölsa-da, bu böyiça heç qanday qaror qabul qilinmadi. Na ijobiy, na salbiy.

Vaholanki, «Mening fikrim» portalining faoliyati Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşining va Oliy Majlis Senati Kengaşining 2019-yil 2-fevralda qabul qilingan 2310-III/KQ-503–III-sonli Qöşma qaroriga asosan taşkil etilgan. Uşbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 35-bandida şunday deyiladi:

«Zarur miqdorda qöllab-quvvatlovçi ovoz töplagan murojaatni körib çiqiş va u böyiça qaror qabul qiliş muddati murojaat vakolatli davlat organiga kelib tuşgan paytdan eʼtiboran oltmiş kundan (❗️) oşmasligi kerak».

Parlament qöşma palatalarining qarori esa qonunga tenglaştirilgan. Demak, qonunlar buzilyapti. Oradan 233 kun ötgan bölsa ham qaror qabul qilinmadi.

Bu böyiça senatorlar ham, deputatlar ham sukut saqlamoqda. Öraga siçqon tuşdi, guldur gup. Bu masala böyiça jamoatçilik nazorati işladi, ammo parlament nazorati şu joyda oqsamoqda.

Qani, yana kutaylikçi, balki endi eslariga tuşib, jarayonni tezlaştirib yuborişar. Tepadan kimdir topşiriq yoki bayonot bersa-ku,zör bölardi-ya, darrov hamma harakatga tuşib ketardi, esidan çiqqan narsalar yodiga tuşardi, xalq manfaati haqida jöşqin maʼruzalar yozilardi bir pasda. Lekin qaçongaça topşiriq kutamiz, şunisi qiziq.

ESLATMA: har ehtimolga qarşi bir narsani eslatib ötay, petitsiyada tölovlarni arzon qiliş taklif etilmayapti, bekor qiliş haqida gap ketyapti. Tağin ertaga tölovni ozgina arzon qilib, «mana, biz petitsiyani bajardik» deb yoş bolani aldaganday munosabat bölmaydi, degan umiddaman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek