IMEI kodlarini röyxatga oliş tölovini bekor qiliş petitsiyasi

Foto17-fevral, 2020, 13:331 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

IMEI kodlarni röyxatga olişda tölov undirişni bekor qiliş böyiça petitsiya 3 soat içida 10 mingdan ortiq ovoz yiğdi. Hali bu ovozlar yana köpayadi.

Mutasaddi-kottakonlar, köryapsizmi, xalq irodasi mana şu böladi. Xalq öz fikrini qonun yöli bilan bildirdi. Heç kimni urmadi, heç qanaqa janjal qilmadi. Şunçaki amaldagi qonunlar orqali demokratik yöl bilan Sizlarga öz xohiş-irodasini bildirdi.

Endi qaror qabul qiliş navbati Sizniki. Agar Sizga jamoatçilik fikri qiziq bölsa, unda tölovlarni bekor qilasiz. Agar Sizga jamoatçilik fikri mutlaqo qiziq bölmasa, unda bilganingizni qilaverasiz. Balki tölovlarni yanada qimmat qilarsiz, kim bilsin...

ESLATMA: har ehtimolga qarşi özbek tilini tuşunmaydiganlar uçun eslataman, petitsiyada tölovlarni arzon qiliş taklif etilmayapti, bekor qiliş haqida gap ketyapti. Tağin ertaga tölovni ozgina arzon qilib, «mana, biz petitsiyani bajardik» deb yoş bolani aldaganday munosabat bölmaydi, degan umiddaman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek