UZIMEI tizimi uçun tölovlarni bekor qiliş masalasi
UZIMEI tizimi bepul böladimi yoxud öz qarorini 1 yildan buyon ijro qilolmayotgan Parlament haqida
Bundan roppa-rosa 1 yil avval «Mening fikrim» portalida IMEI kodlarni röyxatga olişda tölov undirişni bekor qiliş böyiça petitsiya eʼlon qilingan edi. Mazkur petitsiya bor-yöği 3 soat içida kerakli ovoz (10 ming)ni töplagandi. Bugunga kelib bu ovozlar soni qariyb 25 mingga yaqinlaşdi.
Jamoaviy murojaatning sörov qismida aniq va tiniq qilib «IMEI kodlarini röyxatga olişda tölovlarni bekor qilinişini sörayman» deb yozib qöyilgan.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşi va Oliy Majlisi Senati Kengaşining qöşma qarori bilan tasdiqlangan nizom talabiga köra, Parlament va Hukumat nomiga yöllangan murojaat kamida ön mingta qöllab-quvvatlovçi ovozni olganda u belgilangan tartibda körib çiqilişi hamda murojaatni körib çiqiş natijalari böyiça qabul qilingan qaror moderator tomonidan 60 kundan oşmagan muddat içida «Mening fikrim» veb-portaliga joylaştirilişi lozim.
‼️Ammo, oradan 365 kun ötgan bölsada, murojaat hamon “Körib çiqiş jarayonida” turibdi.
Bu qanday Parlament böldiki, aynan özi tasdiqlagan, yuridik kuçi böyiça qonunga teng hujjatning ijrosini taʼminlay olmasa?!
Nega minglab fuqarolarning haqli eʼtirozlariga sabab bölayotgan, xalq uçun emas faqat maʼlum idoralarning manfaatlari uçungina amal qilib turgan bu tartibni bekor qiliş çoralari körilmadi?
Ertaga tuşunmovçilik bölmasligi uçun aniqlaştiraman: gap IMEI tizimini butunlay bekor qiliş haqida ketmayapti, çunki bu tizim orqali qora bozorga ança çek qöyildi (100% bölmasa ham), rasmiy sotuv köpaydi va öz-özidan davlat byudjetiga juda katta miqdorda soliqlar tuşişni boşladi. Şu sababli bu tizim qolişi tarafdoriman, faqat röyxatdan ötkaziş BEPUL, mantiqiy va ortiqça byurokratiyasiz bölsin.
❓Endi Sizlarga savol, hurmatli SENATOR va DEPUTATLAR: çegaraçi, bojxonaçi va soliqçilar öz işini eplolmayotgani uçun, yaʼni noqonuniy telefonlar kirib kelişini oldini olişolmayotgani uçun öylab topilgan UZIMEI tizimi nega xalqqa pullik bölişi kerak? Nega?! Hukumat ham byudjetga yuz milliardlab soliq tuşirsin, ham xalqdan yuz milliardlab tölov (bu ham soliq aslida) undirsinmi? Yaxşi buzoq ikkita sigirni emadi, deganimi bu? Sizningça, şu adolatdanmi?
Közböyamaçilik uçun oçilgan «Mening fikrim» portalining nima keragi bor unda? Baribir Parlament u yerdagi masalalarni hal qilişni eplolmayotgan bölsa?
Xullas, ötgan yili masʼullarga qarata aytgan gaplarimni yana qaytaraman:
«Agar Sizga jamoatçilik fikri qiziq bölsa, unda tölovlarni bekor qilasiz. Agar Sizga jamoatçilik fikri mutlaqo qiziq bölmasa, unda bilganingizni qilavering!»
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2


