Soliq mojarosi yuzasidan Davlat soliq qömitasi bayonoti
Soliq mojarosi yuzasidan bayonot berildi
Davlat soliq qömitasi raisi Ş.Kudbiyev rahbarligida ötkazilgan navbatdagi yiğilişda «naqdlaştiruvçi firma» va korxonalarni aniqlaş mexanizmini joriy etiş masalasi muhokama qilindi va quyidagilar qabul qilindi:
1. Yangi mexanizmga ötiş davrini hisobga olgan holda, istisno tariqasida, 17-fevral ertalab soat 10:00-dan oldin «bir kunlik» firmalar bilan şubhali operatsiyalarni amalga oşirganligi xavfi nisbatan kam bölgan 2960 tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlariga qöyilgan inkasso topşiriqlari 2021-yil 1-martgaça vaqtinçalik bekor qilindi;
2. Reyestrga kiritilgan şubhali korxonalar bilan operatsiyalarni amalga oşirgan xöjalik yurituvçi subyektlarga bitimlarni örganib çiqiş uçun kameral soliq tekşiruvini ötkaziş böyiça Davlat soliq qömitasiga murojaat qiliş imkoniyati berildi. Ijobiy xulosa qilingan taqdirda, inkasso topşiriqnomalarini bekor qiliş va ilgari kamaytirib körsatilganligi uçun undirilgan mablağlarni qaytarib berilişi taʼminlanadi.
3. «Naqdlaştiruvçi firma »larni aniqlaş yuzasidan amaliyotga joriy qilingan yangi mexanizmni aholi va tadbirkorlik subyektlari örtasida tuşuntiriş işlarini qoniqarsiz olib borganligi, şuningdek soliq tölovçilar bilan yetarli darajada işni taşkil etmaganligi uçun Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, Toşkent şahar DSB Kameral nazorat va QQS maʼmurçiligi bölimlari hamda DSQ Matbuot xizmati boşliqlariga xayfsan berildi.
Şuningdek, 16-fevralda DSQga ariza bergan 57 ta korxonada ötkazilgan soliq nazorati tadbirlari natijalari:
- 52 ta korxonada (91,3%) qalbaki operatsiyalarni amalga oşiriş faktlari tasdiqlandi;
- 1 ta korxonada (1,7%) qalbaki operatsiyalarni amalga oşiriş holati tasdiqlanmadi, şu sababli ortiqça olingan mablağlarni qaytariş böyiça tazkor jarayonlar boşlandi;
- 4 ta korxonada (7%) noqonuniy hisobga oliş qisman tasdiqlangan.
Şuningdek, birgina Toşkent şahrida 74 ta korxona noqonuniy hisobga olganligini tan olib, ixtiyoriy ravişda 4,6 milliard söm miqdoridagi mablağ böyiça qayta hisob-kitobni amalga oşirdi.
👉 @xushnudbek 👈


