Sherzod Kudbiyev obnalchilar haqida gapirdi
DSQ raisi Şerzod Kudbiyev: «Obnalçilar» koronavirusdan battar
Keça Soliq qömitasi rahbariyati QQS hisoblaşda muammoga duç kelgan tadbirkorlar bilan uçraşgan.
«Bitta firmani tekşirdik, 300 mlrdga bitta sçet-faktura ham yozadimi? 300 mlrdga, yigitlar. Kimni aldayapmiz? Özbekistonda nima 300 mlrd turadi? Suv ombori, samolyot bölişi mumkin. Bilmadim, 3 kun oldin paydo bölgan firma unaqa narsalar qilmaydiku. Bir-birimizni aldamaylik», — degan DSQ raisi.
25-fevralgaça jami 5025 ta korxonada 634,6 mlrd. sömlik asossiz hisob (zaçet)ga olingan QQS summalariga aniqlik kiritiş böyiça kameral soliq tekşiruvlari yakunlangan.
Natija:
–4 850 ta (96,5%) korxonada (606,7 mlrd söm) soxta operatsiyalar fakti tasdiqlangan;
–71 ta (1,4%) korxonada (11,4 mlrd söm) noqonuniy hisob (zaçet) qisman tasdiqlangan;
–104 ta (2,1%) korxona 16,5 mlrd sömlik QQS summasi töğri hisob (zaçet)ga olingani haqida asoslovçi hujjatlar taqdim etgan va ulardan ortiqça olingan mablağlarni qaytariş böyiça tezkor jarayonlar boşlangan.
👉 @xushnudbek 👈
