Xalqaro imtihon xarajatlari yoşlarga qoplab beriladi

Matn25-fevral, 2021, 11:201 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

IELTS, TOEFL va boşqa xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoşlarning imtihon topşiriş xarajatlari Yoşlar işlari agentligi hisobidan qoplab berilişi rejalaştirilmoqda

Muhokama uçun eʼlon qilingan Hukumat qarori loyihasiga köra, xalqaro imtihon tizimlari böyiça yuqori ball (daraja) olgan yoşlarga imtihon topşiriş xarajatlari töliq qoplab berilişiga oid tartib joriy etilmoqda.

Yoşlar işlari agentligi imtihon xarajatini qoplab beruvçi taşkilot etib belgilanadi.

2021-yil 1-maydan boşlab imtihon topşiruvçi:

✅ IELTS – 7 va undan yuqori;
✅ TOEFL – 95 va undan yuqori;
✅ GMAT – Imtihon natijalari (Verbal/Quantative)
böyiça 75 percentile va undan yuqori;
✅ GRE – Imtihon natijalari (Verbal/Quantative)
böyiça 75 percentile va undan yuqori;
✅ SAT – 1200 va undan yuqori natijani qayd etganda imtihon uçun sarflangan xarajat Yoşlar işlari agentligi mablağlari hisobidan qoplab beriladi.

Şuningdek, 2022-yil 1-yanvardan boşlab Cambridge Assessment English (CAE, CPE, BEC), Test DAF va boşqa şu kabi Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoşlarning imtihon xarajatlari qoplanadi.

Kompensatsiya tölab beriş böyiça arizalar davlat xizmatini körsatiş Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali röyxatga olinadi.

Yoşlarni ilmga bölgan qiziqişlarini yanada rağbatlantirişni közda tutuvçi bu kabi taşabbuslar köpayaversin. Hujjat loyihasi qabul qilingaç, undan foydalaniş tartibiga oid batafsil tuşuntirişlar beramiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek