Magistraturaga kirişda til sertifikati xarajatlari qoplanadi
Joriy yilda magistraturaga kirişda albatta xalqaro til sertifikati söraladi.
Şu sababli köpçilik IELTS imtihoni topşirişga puli yöqlar nima qiladi, deb savol berişmoqda.
Maʼlumot uçun: agar xalqaro imtihonda yaxşi natija körsatsangiz, imtihon topşiriş uçun tölagan pulingiz davlat byudjetidan qoplab beriladi.
Maʼlum qilinişiça, 2021-yil 1-maydan boşlab bugunga qadar xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erişgan 5 ming 441 nafar yoşlarning imtihon xarajatlarini qoplab beriş uçun qariyb 10 mlrd söm sarflangan.
Yoşlarning uşbu imkoniyatdan foydalanişi hududlar kesimida olinganda Toşkent şahri yetakçilik qilgan — 2 724 nafar yoşlarga qariyb 5 mlrd. Keyingi örinlarni Buxoro (384 nafar - 713 mln söm) va Farğona viloyati (359 nafar - 652 mln söm) egallagan.
Xalqaro imtihon tizimlari kesimida esa IELTS mutloq yetakçilik qilgan. 4 ming 869 nafar yoşlar IELTSda yuqori natija körsatgani uçun davlat imtihon xarajatini qoplab bergan. Keyingi örinda SAT (383).
IELTS, TOEFL, GRE, SAT kabi (jami 18 turdagi, röyxat bu yerda) xalqaro imtihon tizimlariga imtihon topşiriş paytida 31 yoşga tölmagan Özbekiston fuqarolari va Özbekistonda doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilişlari mumkin böladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 821


