Xalq nazorati portali Toshkent tumanlari reytingini e'lon qildi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan


«Xalq nazorati» reytingi: Yangihayot va Mirobod eng yaxşilar, Bektemir va Şayxontohur eng yomonlar. Eng vaʼdaboz hokimlik — Yaşnobod.
Avvalroq Toşkent şahridagi muammolarga möljallangan «Xalq nazorati» ilovasi haqida aytgan edim. Xabar berişlariça, platformada reyting tizimi ham yölga qöyilibdi. Fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlarning yeçimiga qarab, maxsus algoritm natijasida reyting işlab çiqilar ekan. Reyting har 3 daqiqada yangilanadi.
Siz ham reyting bilan quyidagi manzilda tanişişingiz mumkin:
https://xalqnazorati.uz/uz/problems/rating
Reyting tizimida nafaqat Toşkentdagi tumanlar, balki 20 ta masʼul taşkilotlarning reytingi ham yuritilmoqda.
Yana ham qiziq tomoni, tuman va taşkilotlarning vaʼdabozlik reytingi ham işlab çiqilibdi. Yaʼni fuqarolar murojaatlariga "Böldi, bajaramiz, dasturga kiritamiz, u qilamiz, bu qilamiz" deb xöjakörsinga işlaydiganlar reytingini ham körib boriş mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 726






