Xalq nazorati ilovasi orqali muammolarni hal qilish

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalAlbom2 daqiqa0tahrirlangan
Xalq nazorati mobil ilovasining asosiy sahifasi interfeysi
Anhor bo'yidagi panjara yo'qligi sababli yuzaga kelgan xavfli holat
Ishchilar anhor bo'yidagi panjarani ta'mirlash jarayonida
Ta'mirlangan va tiklangan anhor bo'yidagi panjara

Atrofdagi kamchiliklarga befarq bo'lmang, jamoatchilik manfaati uchun faol bo'ling

Toshkent shahridagi muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan “Xalq nazorati” degan ilovani ko‘chirib olgandim.

Kecha kechki payt uyimiz atrofida sayr qilib yursam, anhor havzasidagi bitta panjara yo‘q ekan. Bu esa odamlar, ayniqsa bolalar uchun xavfli. Darrov rasmga olib, "Xalq nazorati" ilovasi orqali murojaat yubordim.

Bugun to‘g‘rilab ketishibdi. Rasmlarini ham joylashibdi. Eng asosiysi, ijrochilardan hech kim meni o‘zimga telefon qilib, bezovta ham qilmadi. Qayerda edi u joy, qanaqa topsak bo‘ladi, nimaga yuborgandiz, degan savollar berishmadi. Chunki murojaat yuborayotganda o‘sha joyning geolokatsiyasini ham yuborsa bo‘ladi.

Sizda ham Toshkent shahridagi xonadonlar, yo‘llar, jamoat joylari, savdo va oziq-ovqat obyektlari, jamoat transporti bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa yoki bexosdan duch kelib qolsangiz, "Xalq nazorati" ilovasi orqali yuborishingiz mumkin.

🌐 xalqnazorati.uz
Ko‘chirib olish:
Android | iOS

🔘 @xushnudbek

  • 👍 1235
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek