Magistraturada öqiydigan xotin-qizlarning kontrakti tölanadi
✅ Magistraturada öqiydigan barça xotin-qizlarning tölov-kontrakt miqdorlari davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
ÖzAning (@uzauz) xabar berişiça, Prezidentning tegişli qaroriga köra, bundan buyon davlat OTMlari magistraturasiga öqişga kirgan barça xotin-qizlarning tölov-kontrakt miqdorlari davlat byudjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.
Bunda 2-bosqiçga ötgan xotin-qizlarning faqat 2-bosqiçi uçun, şuningdek joriy yildan boşlab magistraturaga kiradigan barça xotin-qizlarning töliq öqiş davriga tölov-kontraktlari qoplab beriladi.
Faqat bu yerda oddiy (bazaviy) kontrakt haqida gap ketmoqda. Tabaqalaştirilgan (super) kontrakt bilan kirgan xotin-qizlar super-kontraktini özi tölaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1805
