Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi
Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi
Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga köra, tölov-kontraktda öqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boşlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan böldi.
❓Kimlarga beriladi?
✅ Özbekistondagi barça oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning Özbekistondagi filiallari);
✅ Örta maxsus va professional taʼlim muassasalari öquvçilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).
❓Qaysi taʼlim şakliga beriladi?
✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Keçki.
❌ Quyidagilarga berilmaydi:
➖ super-kontrakt;
➖ qöşma taʼlim;
➖ masofaviy taʼlim;
➖ ikkinçi mutaxassislik;
➖ ordinatura.
❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?
Töğri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar tölamaydi, davlat tölab beradi. Aniqroği Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalaştiriş jamğarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini tölaydi xolos.
❓Tölaş qaçondan boşlanadi?
Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy öqiş muddati tugagandan söng yettinçi oydan boşlab (yaʼni olti oy ötib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln söm taʼlim krediti olinsa, öqişni tugatgandan söng, 6 oy ötgaç 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming sömdan tölab boriladi.
❓ Qaysi banklar beradi?
1. Mikrokreditbank
2. Asaka bank
3. Agrobank
4. Xalq banki
5. Ipoteka bank
6. Qişloq quriliş bank
7. Turonbank
8. Oriyent finans bank
9. Milliy bank
10. Özsanoatqurilişbank
11. Hamkorbank
12. Aloqabank
❓Qanday hujjatlar kerak?
1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ şaxsni tasdiqlovçi hujjat;
3️⃣ taʼlim muassasasi bilan tölov-kontrakt şartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega bölgan oila aʼzolari va boşqa uçinçi şaxs birgalikda qarz oluvçi sifatida taʼlim krediti qaytarilişining taʼminoti böyiça hujjat.
ℹ️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uçun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Qöşimça savollarga javoblar mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/15112
👉 @xushnudbek 👈

