Xotin-qizlarga taʼlim krediti beriş böyiça savollarga javoblar
Xotin-qizlarga taʼlim krediti beriş böyiça ayrim savollarga javoblar:
Batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/15110
✅ uşbu taʼlim krediti barça kursdagilar beriladi, birinçi kursmi, uçinçi kursmi, farqi yöq;
✅ uşbu taʼlim krediti oilaviy ahvolidan qatʼi nazar barça xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap notöğri;
❌ uşbu taʼlim kreditini oliş uçun yoş çegarasi belgilanmagan, yuqoridagi postda aytilgan talablarga töğri keluvçi istalgan yoşdagi xotin-qizlar olişlari mumkin;
✅ uşbu taʼlim krediti bir yil uçun beriladi, 4 yillikni umumlaştirib olib bölmaydi. Lekin uni bir neça marta oliş mumkin, bunga çeklov yöq. Yaʼni birinçi kursda olganlar, ikkinçi kursda yana olişlari mumkin;
✅ uşbu taʼlim kreditini oiladagi bir neça qiz farzandlar ham olişi mumkin, bitta oilaga faqat bir kişi degan çeklov yöq (faqat rasmiy daromadi bor kafil topilsa böldi);
❌ uşbu taʼlim krediti super-kontrakt, qöşma taʼlim va ikkinçi mutaxassislik uçun berilmaydi. Bunda super-kontrakt uçun faqat birinçi yilda berilmaydi, ammo ikkinçi va undan yuqori kurslarda oddiy kontrakt tölaşlari hisobiga super-kontrakt bilan kirganlarga ham yuqori kurslarda taʼlim krediti beriladi;
💰taʼlim krediti faqat tölov-kontrakt summasi miqdorida beriladi. Masalan, aslida bir yillik kontrakt 10 mln söm bölsa, 15 mln söm kredit olib bölmaydi;
👨🏻🎓 yigitlarga ham taʼlim krediti beriladi, faqat ular uçun foizsiz emas, balki Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 15% — 2022-yil 21-iyul holatiga) beriladi. Batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/10871
🔄 Taʼlim krediti olinganda uni tölaş uçun sarflangan mablağlar daromad soliğidan ozod etiladi. Masalan, talabaning ota-onasi taʼlim kreditini tölaş uçun oylik iş haqidan pul ötkazsa, unda öşa tölangan qismi böyiça oyligidan 12% pul qaytarib beriladi. Batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/7356
✅ taʼlim krediti summasini toki öqiş tugaşini kutib ötirmasdan vaqtliroq tölaşni boşlasa ham böladi. Aksinça bundan banklar faqat xursand böladi va haqqingizga duo qilişadi :)
❌ uşbu qaror avvalgi yillarda olingan foizli taʼlim kreditlariga taalluqli emas va avvalgi kreditlarning foizini bekor qilmaydi.
📆 Uşbu foizsiz taʼlim kreditini faqat yangi öquv yili uçun oliş mumkin. Ötgan yilgi qarzlarni yopiş uçun berilmaydi.
✅ Xotin-qizlar uçun foizsiz taʼlim kreditlarini yuqorida röyxati keltirilgan banklarda beriş boşlangan. Bemalol banklarga murojaat qilsangiz böladi.
❓ Agar bankka borganimda, bunaqa kredit yöq deb javob berişsa yoki boşqa vajlar bilan rad qilişsa, nima qilişim mumkin?
Bunday holda siz har bir bank tomonidan belgilangan masʼulga murojaat qiling. Mana bu yerda barça 12 ta bank vakillarining boğlaniş uçun kontakt maʼlumotlarini topişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

