Davlat OTMlari kontrakt narxlarini oldindan eʼlon qilişi kerak

Matn19-iyul, 2022, 15:361 daqiqa0 koʻrish

Nega davlat OTMlari tölov-kontrakt narxini oldindan eʼlon qilmaydi?

@xushnudbekuz kanalining muhokamalar guruhida bir izohga közim tuşdi va undagi fikrlar menga ham maʼqul bölgani uçun sizlar bilan bölişgim keldi. Jumladan, unda şunday deyiladi (imlosi tahrirlandi):

«Assalomu alaykum. Qabul tugaşiga 9 kun qoldi. Nega qabul boşlanganda xususiy OTMlar singari davlat OTMlarida ham kvota va kontrakt summasi birga körsatilmaydi?

Köplab OTMlarga moliyaviy mustaqillik berildi, ular öz kvota va tölov-kontrakt narxini özi belgilaydi. Nega oldindan summasini aytişmaydi? Oldindan hamma OTMlar kontrakt narxini çiqarsa, abituriyentlar ham çöntagiga qarab, töğri keladigan yönalişda özini sinarmidi.

Inson harakat qilib, yaxşi ball olib öqişga kirdim, deb tursayu keyin kontrakt narxini 20-30 mln sömligi sababli undan voz keçsa, alam qiladi-da. Balki şu yönalişga boşidan topşirib ham ötirmasmidi...»

Yuqoridagi fikrlar juda töğri. Özim ham atayin 5-6 ta universitet saytiga kirib, joriy yilgi tölov-kontrakt narxlari qançaligi bilan qiziqdim, lekin birortasida bunaqa maʼlumot topilmadi. Yana şaffoflik haqida gapiramiz özimizça. Ertaga sentabrda öqiş boşlangandan keyin, dabdurustdan "kontrakt falon million söm böldi", deb eʼlon beramizu, talabalarni şokka tuşiramiz. Keyin yana hayron bölamiz, nega bunça norozilar köp, namunça şovqin qilişmasa bular, deb.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek