Hokimliklar har yili 100 nafar xotin-qizning kontraktini tölaydi

Matn20-sentabr, 2021, 11:452 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Har yili 100 nafar xotin-qizning tölov-kontraktini hokimliklar tölab beradi

Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvçisi yöq yolğiz ayollar oliy taʼlim olişlarini moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

✅ Nizomga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari 2021/2022-öquv yilidan boşlab har yili özlarining hududlaridan:

➖ öqişga kirgan 25 nafar;
➖ 2-4-kurslarda öqiyotgan 75 nafar (har bir kursdan 25 nafardan) jami 100 nafar xotin-qizlar uçun tölov-kontrakt summasini tört öquv yilining yakunlanişiga qadar tölab beradi.

✅ Moliyaviy barqaror davlat OTM tomonidan ularning kengaşlari qaroriga muvofiq, 50 nafargaça xotin-qizlar birinçi öquv yilida bepul öqitiladi.

❗️Talabgorlarni tanlab oliş quyidagi mezonlar asosida amalga oşiriladi:

➖ otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar;
➖ boquvçisi yöq ehtiyojmand yolğiz ayollar.

Bunda yuqoridagi mezonlarga mos keluvçi xotin-qizlar ijtimoiy holati töğrisidagi maʼlumotnomani test natijalari eʼlon qilingan kundan boşlab 10 kun içida (har yili) OTM qabul komissiyasiga taqdim etişi lozim.

❗️ Mazkur tartib tölov-kontrakt asosida davlat OTM bakalavriatiga (kunduzni, sirtqi, keçki taʼlim şaklidan qatʼi nazar) talabalikka tavsiya etilgan hamda 2-4-kurslarda tahsil olayotgan talabgorlarga qöllaniladi.

❌ Quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
➖ ikkinçi va undan keyingi oliy taʼlim oliş uçun tanlovda iştirok etgan talabgorlarga;
➖ Özbekistonda joylaşgan xorijiy OTM yoki ularning filiallari, nodavlat taʼlim xizmatlari bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subyektlariga;
➖ oliy harbiy taʼlim muassasalariga.

⛔️Talabgorlar joriy öquv yili davomida OTMni yoki taʼlim yönalişini özgartirsa yoxud talabalar safidan çetlaştirilsa mazkur imtiyozdan foydalanib bölmaydi.

✅ Talabgorlarni tanlab oliş natijalari aziz-ayol.uz Yagona interaktiv milliy platformasi orqali eʼlon qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek