Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun ötiş ballari
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun ötiş ballari
Avvalroq tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun imtiyoz qanday qöllanişi haqida tuşuntiriş bergandim. Öşanda taxminiy ötiş ballarini ham eʼlon qilgandim. Yakuniy mandat çiqqanday keyin ötiş ballari rasman tasdiqlandi va men aytgan ballar bilan deyarli özgariş bölmadi.
Demak, quyidagi hududlardan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar mana şu ötiş balidan balandroq ball töplagan bölsa, özlari tanlagan birinçi yönalişga qöşimça kvota bilan davlat grantiga qabul qilingan:
Navoiy — 150,15
Buxoro — 141,2
Sirdaryo — 141,31
Qoraqalpoğiston — 140,7
Jizzax — 136,5
Qaşqadaryo — 130,2
Farğona — 128,1
Namangan — 127,05
Xorazm — 127,05
Surxondaryo — 126
Samarqand — 122,85
Andijon — 110,25
Toşkent viloyati — 102,9
Toşkent şahri — 97,65
Avvalroq kanalimda misol keltirganim — samarqandlik MUVASSAROVA D. ismli abituriyent 128,1 ball bilan JIDU Yurisprudensiya yönalişiga grantga kirgan.
❗️Bu imtiyoz ball qöşib bermaydi va faqat kunduzgi taʼlimga ötadi.
👉 @xushnudbek 👈

