Xotin-qizlar tavsiyanomalari DTM saytida nega körinmayapti
❓Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega DTM saytida körinmayapti?
#abituriyent
Qoidaga köra, abituriyenlarda qandaydir imtiyoz mavjud bölsa, bu haqdagi maʼlumot DTM saytida avtomatik körinadi. Çunki imtiyoz olganlar röyxati tegişli taşkilotlardan olingan maʼlumotlar asosida bazaga kiritib qöyilgan böladi. Faqat çet tillari, masalan IELTS sertifikatini qölda kiritiş kerak.
Köplab abituriyentlarda menda xotin-qizlarga berilgan tavsiyanoma bor edi, lekin u DTM saytida körinmayapti, deyişmoqda.
DTMning maʼlum qilişiça, Oliy va xotin-qizlar davlat qömitasi tavsiyanomaga ega xotin-qizlar töğrisidagi maʼlumotlarni hozirça DTMga taqdim etmagan. Çunki hali tavsiyanoma beriş jarayonlari töliq yakunlangani yöq.
Şu sababli mabodo sizda tavsiyanoma bölsayu, lekin DTM saytida körinmayotgan bölsa, xavotir olmang. Qabul yakunlangunga qadar bu haqda maʼlumot kiritib qöyiladi.
ℹ️ Eslatma: joriy yilda ayollarga 2 ta turdagi tavsiyanomalar berilmoqda: biri ehtiyojmand xotin-qizlarga beriladigan 2 000 ta grant kvotasi uçun tavsiyanoma, ikkinçisi 5 yil iş stajiga ega bölgan xotin-qizlar uçun tavsiyanoma.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 743

