Nogironligi bölgan abituriyentlar uçun imtiyozlarni kiritiş
Nogironligi bölgan abituriyentlar diqqatiga!
#abituriyent
Qoida böyiça, nogironligi bölgan abituriyentlarning maʼlumotlari “TMEK” dasturidan olinadi va u my.dtm.uz sayti orqali röyxatdan ötganda avtomat ravişda şaxsiy profilda körinadi. Yaʼni nogironlikni qölda kiritib ötiriş şart emas.
Ammo ayrim abituriyentlarning nogironlik böyiça maʼlumotlari körinmay qolişi ham mumkin. Bunday payti sira xavotirga tuşmang. Saytda nogironlik böyiça imtiyoz maʼlumotlarini qölda kiritiş imkoniyati ham bor.
Agar Sizning nogironlik böyiça maʼlumotlaringiz “Mening imtiyozlarim” bölimida çiqmayotgan bölsa, “Nogironlik töğrisida maʼlumotnoma” bölimiga kirib, öz nogironlik maʼlumotlaringizni kiritişingiz mumkin.
☑️ Agar Sizda közi ojiz toifasidagi nogironlik mavjud bölsa, nogironlik maʼlumotlarini kiritiş bilan birga “Közi ojiz” belgisini belgilaşni unutmang.
Kiritilgan maʼlumotlar Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasiga yuboriladi va maʼlumotlari tasdiqlangan abituriyentlarning imtiyozi inobatga olinadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 546

