Abituriyentlar o'qish yo'nalishini o'zgartirishi mumkin
❓Hujjat topşirib bölgandan keyin yana öqiş joyini özgartirsa böladimi?
#abituriyent
✅ JAVOB: Ha, böladi.
Siz toki hujjatlar qabuli tugagunga qadar (27-iyulgaça) bemalol öz yönalişlaringizni özgartirişingiz mumkin. Buning uçun my.dtm.uz saytidagi şaxsiy kabinetingizga kirib, «Qayta ariza topshirish» tugmasini bosişingiz kerak.
Ötgan yillarda tugatganlar tölov qilib bölgandan keyin ham yönalişlarni özgartirsa böladi. Bunda tölov kuyib ketmaydi yoki yana qayta tölov qiliş talab etilmaydi.
28-iyul soat 00:01-dan boşlab, yönalişlarni özgartirib bölmaydi. Ungaça istalgança özgartiriş mumkin.
Faqat 6 ta OTMdagi çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon olinadigan yönalişlar uçun hujjat topşiriş yakunlanib böldi, şu sababli mazkur yönalişlarga topşirganlar endi arizasini özgartira olmaydi.
Bundan taşqari, sizlarga döstona maslahatim, tezroq yakuniy qarorga kelib, oldinroqdan aniq belgilab oling. Negadir hamma oxirgi kungaça taqaydi va 27-iyul kuni arafasida serverga nagruzka kuçayib ketadi. Şunaqa payti balki saytda uzilişlar ham kuzatilişi mumkin. Tağin oooooxiriga kelganda 27-iyul soat 23:59-da yönalişni özgartirgingiz kelib qolib, saytdagi texnik vaziyat sabab buni qilolmay, keyin afsus qilib ötirmang.
💰Testga kiriş uçun 150 ming söm tölovni ham 27-iyulgaça qilişingiz mumkin. Undan keçikkan tölovlar qabul qilinmaydi.
👉 @xushnudbek 👈


