Xotin-qizlar uçun tavsiyanomalar bazada körinmaslik sababi

Matn8-iyul, 2021, 21:451 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Xotin-qizlar uçun berilgan tavsiyanomalar nima uçun bazada körinmayapti?
#abituriyent

Ayrim abituriyentlar murojaat qilib, xotin-qizlar uçun möljallangan tavsiyanoma olganini, ammo DTM saytida röyxatdan ötganda “Sizda imtiyoz mavjud emas” degan yozuv çiqayotganini maʼlum qilmoqda.

Maʼlum bölişiça, 2 ming kişilik davlat granti uçun tavsiyanoma olgan ayrim xotin-qizlarda haqiqatdan şunday muammo mavjud. Bunda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi hali barça tavsiyanomalarni tegişli elektron bazaga kiritişga ulgurmagan. Davlat qabul komissiyasining bayoniga köra, barça tavsiyanoma olgan xotin-qizlarning maʼlumotlarini 15-iyulga qadar bazaga kiritişga ruxsat berilgan.

Şunga köra, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar xavotir olmasa ham böladi. Ularning maʼlumotlari albatta bazaga kiritiladi, hozir bu böyiça işlar ketmoqda.

❗️Maslahatim: 16-17-iyul kunlari DTM saytidagi şaxsiy kabinetingizni yana bir bor tekşirib köring. Agar şunda ham tavsiyanoma körinmasa, unda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligiga murojaat qiling (DTMga emas).

Qöşimça maʼlumotlar:

➖ Xotin-qizlar uçun berilgan kvotalar hududlar kesimida — TANIŞIŞ

➖ Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? — TANIŞIŞ

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek