Xushnudbek Xudoyberdiyev oilasi bilan vaksina oldi

Video8-iyul, 2021, 11:213 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Butun oilamiz bilan koronavirusga qarşi vaksina olganimizga ham 2 haftadan oşdi. Allohga şukur, heç kimda heç qanday nojöya taʼsir sezilmadi. Yaqinda 2-dozani olamiz, nasib.

Ijtimoiy tarmoqlarda kimligi nomaʼlum bölgan insonlarning vaksina haqidagi kulguli gaplarini körib, odamni yiğlagisi keladi.

Masalan, bittasining aytişiça, vaksina olganlarning barçasi 2 yilda ölib ketarmiş. Çunki Xitoy Özbekistonni egallab olmoqçi ekan, şunga vaksina öylab topibdi.

Yana boşqasining aytişiça, vaksina olganlar itoatkor bölib, nima buyruq bersa, şuni qilarmiş. Masalan, “yerdagi ötlarni yuling” desa, indamay öt yulişarmiş.

Bunaqa miş-mişlarni tarqatadiganlar borligi ham, bu gaplarga köp sonli işonadiganlar borligi ham, kulguli emas, yiğlaşga arziydigan holat.

Vaksina oliş ixtiyoriy iş. Hamma öz dunyoqaraşi va bilimidan kelib çiqib, özi uçun xulosa qilsin. Ammo bir narsani unutmangki, qaysi davlatda barça aholi tezroq vaksina olsa, öşa davlat uçun koronavirus balosi oddiy grippdek kam ahamiyatli bölib qoladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek