Xotin-qizlar uçun imtiyozli kvotaga ariza topşiriş muddati
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga möljallangan maxsus kvotaga tavsiyanoma oliş uçun ariza topşiriş muddati 8-iyun kuni yakunlanadi
Maʼlumki, Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi tavsiyanomasiga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uçun OTMga kirişda qöşimça 4 foizli grant ajratiladi.
Tavsiyanoma uçun talabgorlar hujjatlari xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron şaklda joriy yil 8-iyuniga qadar qabul qilinadi.
Tavsiyanoma xotin-qizlarga qanday imtiyoz berişi haqida mana bu yerda tuşuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/10113
❗️Tavsiyanoma olişga talabgorlar quyidagi toifalardan biriga mos bölişi kerak:
✅ Kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar (oilaning har bir aʼzosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (920 ming)ning 0,527 baravari (485 ming)dan köp bölmagan miqdorda töğri keladigan bir oylik örtaça jami daromadga ega bölgan oila);
✅ Töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
✅ Turmuş örtoği vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolğiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
✅ Nogiron farzandi bölgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
✅ 14 yoşgaça bölgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlardan alohida (ijarada) yaşayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yolğiz ayollarning qiz farzandlari;
✅ Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinçi yoki ikkinçi guruh nogironi bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
❗️ Maʼlumot uçun, tavsiyanoma olişning özi talaba bölişni anglatmaydi. Biroq tavsiyanoma bilan tanlovda iştirok etgan xotin-qizlar orasidan eng yuqori natija körsatganlar töplagan ballari ketma-ketligiga köra davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 638


