Özbekistonda şakar işlab çiqariş hajmi ortadi
Yurtimizda işlab çiqarilayotgan şakar aholi ehtiyojlarini taʼminlay oladimi?
Uşbu savolga «Angren şakar» MÇJ zavodining boş texnologi Bahrom Qurbonov quyidagiça izoh bermoqda:
—Korxonamiz bir kunda 1 100 tonna şakar işlab çiqaryapti. Bu yiliga 360 ming tonna degani. Biz aholini uzluksiz şakar mahsuloti bilan taʼminlay olamiz. Buning uçun bizda yetarli xomaşyo bor. Şakar omborlarimizda tayyor mahsulotlar aholiga yetarli darajada jamğarilgan.
Bizda şakar şakarqamiş xomaşyosidan tayyorlanadi. Xomaşyo esa, asosan, Braziliyadan, şuningdek, Meksika va Argentinadan keltirilyapti.
Özbekiston aholisining bir yillik şakarga ehtiyoji 650 ming tonnani taşkil etadi. 2022-yilda şakar işlab çiqariş hajmi 720 ming tonna (2021-yildan 22 %ga köp) taşkil etişi kutilmoqda.
Bugun şakar uçun «ajiotaj» köp ehtimol bilan tez orada ötib ketadi. Bu deyarli har yili şu mavsumda kuzatiladi. Şu sabab şakarni ortiqça ğamlab qöyiş töğri emas. Har kim ehtiyojiga yaraşa xarid qilsa, talabda keskinlik pasayadi va hammasi öz iziga tuşadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1229



