Söxda yangi bolalar oromgohi oçildi
Söx tumanidamiz. Ançadan buyon Söxga kelişni niyat qilib yurgandim, bugunga nasib qilgan ekan.
Bu yerda Özbekiston Prezidentining taşabbusi bilan davlat byudjeti hisobidan qurilgan 200 örinli Söx bolalar soğlomlaştiriş oromgohining oçiliş marosimi bölib ötmoqda.
Marosimda Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov hamda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov sözga çiqib, söxliklarni uşbu yangi bolalar oromgohi bilan tabrikladi.
Oromgohda bolalarning taʼtil payti maroqli hordiq çiqarişi va bilim olişi uçun yetarli şaroitlar yaratilgan.
Şuningdek, Söx stadionida aholi uçun bayram konserti uyuştirildi. Söxliklar özbek sanʼatining maşhur vakillari bilan bir qatorda Tojikiston xalq artisti Jörabek Murodov qöşiqlaridan ham bahramand bölişdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 702

