Haj-2022 mavsumi uçun qöyilgan asosiy talablar

Matn4-iyun, 2022, 10:311 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Haj ibodatini ado etiş uçun qanday talablar qöyilgan?

AOKAda ötkazilgan brifingda Din işlari böyiça qömita axborot xizmati rahbari Ilhom Maʼrupov bu boradagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

1️⃣ “Haj-2022” mavsumida iştirok etiş uçun yoş çegarasi 65 yoşgaça etib belgilandi. Uşbu yoş çegarasiga 1957-yil 30-iyun kunidan keyin tuğilgan insonlar kiradi.

❗️Yoş çegarasi bilan boğliq mazkur tartib – Özbekiston tomonining emas, balki Saudiya Arabistonining qatʼiy talabi hisoblanadi.

2️⃣ Bölajak hojilar Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan tasdiqlangan Pfizer/BioNTech, Oxford-AstraZeneca, Moderna yoki Johnson & Johnson vaksinalarining töliq dozasini qabul qilgan bölişlari şart;

3️⃣Barça ziyoratçilar meningitga qarşi 4 valentli vaksinani qabul qilgan bölişi zarur;

4️⃣ Saudiya Arabistoniga kirişdan 72 soat oldin koronavirus diagnostikasi haqida salbiy natijali PZR maʼlumotnomani taqdim etişlari lozim.

📆 Özbekistonlik ziyoratçilar şu yilning 18-30-iyun kunlari Toşkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Samarqand-Madina, Qarşi-Madina, Urganç-Madina, Nukus-Madina yönalişlari böyiça haj safariga kuzatiladi hamda xuddi şu yönalişlar böyiça 14-31-iyul kunlari qaytib keladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 992
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek