Umra safarida ziyoratçilarning ovqatlanişi
Umra safari: ovqatlaniş
Ziyoratçilar könikişi qiyin bölgan yagona narsa — bu arab oşxonasi. Töğri, bir hisobdan bunday muqaddas joylarga ovqatlaniş uçun kelinmaydi. Ammo mazali va yoğli ovqatlari bilan maşhur özbek oşxonasining örnini unça-munçasi bosa olmaydi :) Şu sababli köpçilik yurtdoşlarimiz ovqat borasida qiynalgani rost. Qiynaliş deganda — oç qoliş yoki ovqat yetmay qoliş nazarda tutilmayapti, bu köproq taʼm va taʼbga boğliq masala.
Umra ziyorati davomida 3 mahal ovqatlaniş mehmonxonalarning özida taşkil etiladi, biror qöşimça joyga boriş şart emas. 3 mahal ham «şvedça stol» prinsipida ovqat tortiladi, yaʼni kim xohlasa, şunça olib yeyaveradi. Tuşlik va keçki ovqatda suyuq hamda quyuq taomlar böladi, masalan menga arablarning suyuq ovqatlari yoqdi.
Xohlovçilar, öz hisobidan Makka va Madina şaharlaridagi kafelarda taʼbga qarab boşqa taomlarni tanovvul qilişlari mumkin. Masjid-ul Harom yonida McDonald's, Burger King, KFC va boşqa köplab xalqaro brenddagi fast food yemakxonalari ham mavjud.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 853


