Umra tölovlari nega oşgani böyiça maʼlumot berildi
Umra tölovlari nega oşgani böyiça maʼlumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yil fevral oyiga qadar qilingan Umra tölovi miqdoriga yana narx qöşilgani böyiça tarqalgan maʼlumotlarga Özbekiston Musulmonlari idorasi munosabat bildirdi.
Bayonotning qisqaça mazmuni quyidagiça:
1️⃣ koronavirus pandemiyasi sabab mehmonxonada 4 kişilik xonaga 2 nafar ziyoratçi, 50 örindiqli avtobusga 25 kişi joylaştiriş, oziq-ovqatlar endi maxsus qadoqlangan holda tarqatilişi, qöşimça şifokorlar va maxsus dori-darmonlar bilan taʼminlaş kabi talablar örnatilgan va bu avvalgi narxga taʼsir qilgan;
2️⃣ Saudiya qirolligida 15 foiz qöşimça qiymat soliği joriy etilgan;
3️⃣ Makka va Madina şaharlarida Ikki Haramga yaqin bölgan 5 yulduzli mehmonxonalar buyurtma qilingan. Masjidi Nabaviyga yaqin bölgan “Pulman zam-zam” va Baytulloh atrofidagi “Jabal Umar” hududida joylaşgan mehmonxona olingan;
(oldingi yillarda ziyoratçilar Makka şahrida Haram masjididan çamasi 1,2 km. bölgan mehmonxonada istiqomat qilişgan)
4️⃣ Özbekiston Saudiyada umra safarini taşkil qiliş böyiça bir neça şirkat takliflarini örgangan. Bunda avvalo şirkatlarning Saudiya haj va umra vazirligi talabiga asosan umrani taşkil etiş böyiça litsenziyasi bor yoki yöqligiga eʼtibor qaratilgan;
(ijtimoiy tarmoqlarda muqobil taklif bilan çiqayotgan baʼzi şirkatlar umra xizmatini körsatiş uçun yangilangan ruxsatnomaga ega emas)
5️⃣ Oldingi uzoq yillik hamkor şirkat ham pandemiyadan keyin litsenziya ololmagani uçun boşqa, imkoniyati kengroq “Abu Sarhad” şirkati bilan şartnoma imzolangan;
6️⃣ Har bir Haj yoki umra mavsumi tölovlar bankdagi maxsus hisob raqamda saqlanadi. Bu mablağlardan boşqa maqsadda foydalaniş imkoniyati yöq;
7️⃣ 2020-yil fevral oyiga qadar Umra uçun tölov amalga oşirgan, hozirda boriş istagidan qaytgan fuqarolarning murojaatiga asosan tölovlari qaytarib berildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1555


