Haj va Umra ziyoratini taşkil etişni monopoliya qiliş taklifi

Foto10-noyabr, 2020, 16:331 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Haj” va “Umra” ziyoratini taşkil etişni monopoliyaga aylantiriş taklif etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining «Haj» va «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qaroriga (№364, 07.06.2017y.) özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida hujjat loyihasi işlab çiqildi.

Hujjat loyihasida 2021-yil 1-yanvardan boşlab Özbekistonda respublika fuqarolarining «Haj» va «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş faqat Özbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oşirilişiga oid qoida nazarda tutilgan.

Öz navbatida Özbekistonda boşqa taşkilotlarning «Haj» va «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq faoliyat bilan şuğullanişiga yöl qöyilmasligiga oid qoida taklif etilmoqda.

Hozirgi mavjud qonunçilikda xususiy tur operatorlariga «Haj» va «Umra» tadbirlarini taşkil etişga biror yozma taqiq yöq.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👎 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek